Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Qatlamli plastiklar. Past chastotali zanjirlarning konstruk-
sion va elektr izolatsion materiallari sifatida asosi u yoki bu tolali material bo‘lgan qatlamli plastiklar keng qo‘llaniladi. Ularga geti- naks, tekstolit va boshqalar kiradi. Getinaks A bosqichida fenolformaldegid smola yoki shu turdagi boshqa smolalar shimdirilgan qog‘ozni qaynoq presslash usuli bilan olinadi. Qog‘ozni smola bilan shimdirishni turli usullar 65 bilan amalga oshiradilar: lok bilan, eritilgan smola surtish yo‘li bilan yoki suvli smolali suspenziyaga botirish yo‘li bilan. Oxirgi usul ancha arzon bo‘lib, qoniqarli sifatdagi material olishga imkon beradi. Shimdirilgan qog‘oz kerakli shakldagi listlarga bo‘linadi, kerakli qalinlikdagi uyumlarga yig‘iladi va gidravlik pressdagi po‘lat plitalar oralig‘iga joylanadi. Qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun plitalarni bir necha isitish qavatlariga joylashtiriladi, shimdirilgan qog‘ozlarni birvarakayiga barcha qavatlarga joylanadi. Presslash vaqtida issiqlik plitalardan presslanayotgan materialga uzatiladi; fenolformaldegid smola eriydi, qog‘oz tolalari oraliqlardagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi va alohida listlar ko‘rinishida pishitiladi (C bosqichiga o‘tiladi), qotiri- ladi va qog‘ozning alohida qavatlari mahkam bog‘lanadi. Getinaks presslanganda materialga berilayotgan bosim (100—120) 10 5 n/m 2 ga teng bo‘ladi. Pressdagi plitalar tempera- turasi 160—165°C; qaynoq plitalar orasida bosim ostida ushlanish vaqti har bir millimetr qalinlik uchun 2 minutdan 5 minutgacha. Radioapparaturalarda qo‘llaniladigan getinaks xossalari 3.1-jadvalda keltirilgan. Getinaks qatlamli tuzilishga ega bo‘lganligi sababli, perpen- dikular va parallel yo‘nalishlardagi elektr xossalari turlicha (3.1- jadvalga qarang). Masalan, getinaksning qatlamlar bo‘ylab solishtirma hajmiy qarshiligi, ko‘ndalang qatlamlardagiga nisbatan 50—100 marta kichik, qatlamlar bo‘ylab elektr mustahkamlik esa ko‘ndalang qatlamlardagiga nisbatan 5—8 marta kichik. Getinaksni mexanik usulda qayta ishlash mumkin. Bu vaqtda qirqish asboblari qattiq qotishmalardan tayyorlanishi kerak; stanoklar chang yutadigan tyaga bilan jihozlangan bo‘lishi lozim; uncha katta bo‘lmagan uzatishlarda kesish tezligi katta bo‘ladi; sovitish faqat havo orqali amalga oshiriladi. Ingichka getinaks shtampovka 66 qilinayotganda, odatda, detal chekkalari yorilib ketmasligi uchun oldindan isitish qo‘llaniladi. Shtampovka qilingan detallarning chekkalarini elektroizolatsion lok bilan himoyalash tavsiya etiladi. Materialning sirtki qatlamini frezirovka qilish mumkin emas, chun- ki qayta ishlash natijasida getinaksning namlikka bardoshliligi yomonlashadi. Radioapparaturaning past chastotali zanjirlari pechat sxema- larini yasashda folgalangan getinaks qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda bunday materialning 7 turi ishlab chiqariladi. Bunday getinaks, bir yoki ikki tomonidan qalinligi 0,035—0,05 mm bo‘lgan elek- trolit qizil mis bilan qoplangan bo‘ladi. Tekstolit getinaksga o‘xshaydi, lekin shimdirilgan qog‘ozdan emas, shimdirilgan tabiiy matodan yasaladi. Uning yuklamaning o‘zgarmas kuchlanishida shimdirilgan tabiiy matodan yasalgan tekstolitning elektr va mexanik xossalari getinaksnikidan kam, lekin yuqori solishtirma zarba qovushoqlikka ega. 4.1-jadval Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling