Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Qattiq dielektriklarning teshilishi


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Qattiq dielektriklarning teshilishi. Dielektrik bir jinsli
bo‘lganda undagi elektr teshilish sof elektron jarayon hisob-
lanadi va qattiq jismlarda ozgina boshlang‘ich elektronlardan
ko‘chki sodir bo‘ladi. Lekin ko‘pgina dielektriklar bir jinsli bo‘lma-
gan strukturaga ega. Bunday dielektriklarda doim nuqsonlar,
gazlar mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ularda elektr, issiqlik
hamda elektr kimyoviy teshilishlar sodir bo‘lishi mumkin. Issiqlik
teshilish elektr o‘tkazuvchanlik yoki dielektrik yo‘qotishlar yuqori
bo‘lganda sodir bo‘ladi va elektr maydonda material o‘zining
elektr izolatsion xususiyatlarini yo‘qotadigan temperaturagacha
qiziydi. Izolatsion materiallarning elektr kimyoviy teshilishi
yuqori temperatura va yuqori havo namligida kuzatiladi. Bu jarayon
elektroliz kuchli bo‘lib materialda kimyoviy aktiv moddalar ajralganda
boshlanadi, yoki yarimo‘tkazgich birikmalar hosil bo‘ladi.
4.2. Organik qattiq dielektriklar
Organik polimerlar yoki yuqori molekular birikmalar deb
organik moddalar, ya’ni uglerodning noyob tuzulishga ega, katta
va egiluvchan molekulalardan tashkil topgan elementlar bilan
birikmasiga aytiladi. Yuqori molekular birikmalarga ba’zi tabiiy
moddalar, masalan selluloza, iðak, oqsillar, kauchuk va past
molekular moddalardan tayyorlangan sintetik materiallar (tabiiy
gaz, neft, ko‘mir va boshqalar) ham kiradi. Polimerlar, ayniqsa,
sintetik polimerlar elektr izolatsion texnikada keng qo‘llaniladi.
Polimerlar monomerlardan — bir zveno yoki uning bir
qismidan tashkil topgan, polimerlash reaksiyasida qatnashishga
molik bo‘lgan past molekular birikmalardan hosil qilinadi. Poli-
merlanishda molekular massa ortadi, erish va qaynash tempe-
raturasi ortadi, qovushqoqlik ortadi, polimerlanish jarayonida


60
modda gazsimon yoki suyuq holatdan qattiq holatga o‘tadi.
Polimer hosil bo‘lish jarayoni yondosh (yordamchi) mahsu-
lotlar ajralib chiqishi bilan kechadigan reaksiyalar polikon-
densatsiya reaksiyalari deyiladi. Polimerlar polimerlanish darajasi
bir polimer molekulasiga birikkan monomer molekulalari soni n
bilan tasniflanadi. Polimerlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa,
erish temperaturasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Polimer mole-
kulalari shakli va tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: chiziqli va
fazoviy. Chiziqli polimerlar nisbatan egiluvchan va elastik; tempe-
ratura muayyan ortganda yumshaydi, keyin esa eriydi. Fazoviy
polimerlar qattiqlikka ega; faqat yuqori temperaturalarda yum-
shaydi va yumshash temperaturasiga yetganda buziladi (yonib
ketadi). Chiziqli polimerlar tegishli eritgichlarda eriydi, fazoviy
polimerlar esa deyarli erimaydi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling