Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Dielektriklarning teshilishi


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Dielektriklarning teshilishi. Agar maydon kuchlanganligi
qiymati biror kritik qiymatdan ortib ketsa, elektr maydonda
joylashgan dielektrikning elektr-izolatsion xususiyatlari yo‘qoladi.
Bu hodisa dielektrik teshilishi nomi bilan yuritiladi. Dielektrik
teshilishi yuz beradigan kuchlanish qiymati teshilish kuchlanishi
U
tesh
deb ataladi, unga mos keluvchi maydon kuchlanganligi
qiymati — dielektrikning elektr mustahkamligi deyiladi.
Elektr mustahkamlik teshilish kuchlanishining teshilish sodir
bo‘lgan dielektrik qalinligiga nisbati bilan aniqlanadi:
,
h
U
E
tesh
tesh

bu yerda, h — dielektrik qalinligi. Amaliyotda U
tesh
kilovolt-
larda, h — millimetrlarda ifodalanadi.
Gazlarning teshilishi. Gazda doim elektronlar bo‘ladi.
Elektronlar elektr maydonda qo‘shimcha kinetik energiya oladilar.
Elektronlarning kinetik energiyasi modda uchun belgilangan
ma’lum qiymatdan ortib ketsa, elektronlar gaz atomlari bilan
to‘qnashib ionizatsiya sodir qiladi, ya’ni atomlar bilan bog‘lan-
gan elektronlarni bo‘shatadi. Bu jarayon zarba ionizatsiya hodisasi
deyiladi. Ozod bo‘lgan elektronlar yetarli kinetik energiya to‘plab,
o‘zlari ionlash xususiyatiga ega bo‘ladilar va shunday qilib
elektronlar soni ko‘chkisimon tarzda ortib boradi. Zarba ionizatsiya
jarayoni gazlarning teshilishida asosiy rol o‘ynaydi.
Suyuq dielektriklarning teshilishi. Suyuq dielektriklarda doim
suv, gaz va qattiq jismlarning aralashmalari mavjud bo‘ladi. Elektr
maydonining katta kuchlanganlik qiymatlarida elektronlar metall
elektrodlardan yulib olinadi, ya’ni gaz molekulalari ionlanadi.
Hosil bo‘lgan erkin elektronlar zarba ionizatsiyasida qatnashadi.
Suv molekulalari kuchli elektr maydonda qutblanadi va elektrod-


59
lar o‘rtasida yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan zanjir hosil
bo‘ladi, ularda elektr teshilish yuz beradi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling