Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dielektriklarning qutblanishi.
DIELEKTRIK MATERIALLAR
4.1. Dielektriklarda elektr hodisalar Elektroradio va tibbiyot texnikasida dielektriklar elektrizo- latsion materiallar sifatida yoki berilgan sig‘imni hosil qilishda qo‘llaniladi. Elektr maydoni ta’sirida unda dielektrikning qizishiga olib keladigan jarayonlar (qutblanish) sodir bo‘ladi, o‘tuvchi tok, ya’ni elektr o‘tkazuvchanlik yuzaga keladi. Dielektrikka yuqori kuchlanish berilsa, teshilish yuz berishi mumkin. Dielektriklarning qutblanishi. Elektr zanjiriga ulangan, elek- trodlar surtilgan har bir dielektrik, ma’lum sig‘imga ega konden- sator sifatida qaralishi mumkin. Kondensator zaryadi: , Q CU bu yerda, C — kondensator sig‘imi; U — unga berilayotgan kuchlanish. 4.1-rasm. Yassi kondensatorli qutblangan dielektrikda zaryadlarning joylashishi. U E 52 Har bir moddada o‘zaro bog‘langan zaryadlar mavjud bo‘la- di: atom qobiqlaridagi elektronlar, atom yadrolari, ionlar. Elektr maydoni E ta’sirida dielektrikdagi o‘zaro bog‘langan zaryadlar muvozanat holatlaridan siljib ketadilar: musbat zaryadlar — maydon kuchlanganligi vektori yo‘nalishida, manfiy zaryadlar — teskari yo‘nalishda. Natijada dastlabki zaryadlanmagan dielektrikda elektr maydonida elektr zaryadlari yuzaga keladi. Dielektriklarda elektr qutblar yuzaga keladi, shu sababli ular dielektrikning qutblanishi nomini olgan. Berilgan kuchlanish U dagi elektr qiymati ikkita qo‘shiluv- chilardan iborat bo‘ladi: Q 0 — elektrodlarni vakuum ajratib tur- ganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan va Q d — dielektriklarning qutbla- nishi hisobiga elektrodlarning ajralishi. d Q Q Q 0 . Dielektrikning asosiy xarakteristikasi bo‘lib solishtirma dielektrik kirituvchanlik hisoblanadi: 0 0 1 Q Q Q Q d . ning qiymati dielektrikning elektr sig‘im hosil qilish qobi- liyatini bildiradi. Dielektrik sifatini baholashda aynan dielektrik kirituvchanlik qiymati qo‘llaniladi, qisqaroq bo‘lishi uchun «solish- tirma» so‘zi tushirib qoldiriladi. Barcha moddalarning qiy- mati birdan katta bo‘ladi. Dielektriklar qutblanishinining asosiy turlari. Dielektriklarda ularning holati va strukturasiga qarab dielektriklar qutblanishining ikkita asosiy turi mavjud. Ba’zi dielektriklarda elektr maydoni ta’sirida qutblanish deyarli soniyalarda energiya yo‘qotishlarisiz, ya’ni issiqlik ajra- lishisiz sodir bo‘ladi. Qutblanishning ikkinchi turi sekinlik bilan 53 rivojlanib, sekinlik bilan so‘nadi, dielektrikda energiya sochilishi kuzatiladi, ya’ni u qiziydi. Qutblanishning bunday turi relak- satsion qutblanish deb ataladi (relaksatsiya — statik muvozanatga kelish jarayoni). Qutblanishning birinchi turiga elektron va ion qutblanishlar kiradi. Boshqa mexanizmlar relaksatsion qutblanishga kiradi. Turli dielektriklarda bir vaqtning o‘zida qutblanishning bir necha mexa- nizmlari kuzatilishi mumkin. Ion va atomlarning elektron qobiqlarining siljishi va defor- matsiyasi elektron qutblanishga kiradi. Elektron qutblanishning o‘rnatilish vaqti 10 15 s. Elektron qutblanish barcha turdagi dielek- triklarda kuzatiladi va energiya yo‘qotishlar kuzatilmaydi. Ion tuzilmali qattiq jismlarda ion qutblanish kuzatiladi va o‘zaro bog‘liq ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Ion qutbla- nishning o‘rnatilish vaqti 10 -13 s. Tartibsiz issiqlik harakatida qatnashadigan diðol molekulali moddalarda diðol — relaksatsion yoki oddiy diðol qutblanish kuzatiladi. Qovushqoq muhitda diðollar aylanma harakat qilishi ma’lum qarshiliklarni yengib o‘tishni talab qiladi, shuning uchun diðol qutblanish energiya yo‘qotishlar bilan kechadigan moddalarda kuzatiladi. Masalan sellulozani ko‘rsatish mumkin. Noorganik shishalarda va ba’zi ionlari unchalik zich joylash- magan ion kristall noorganik moddalarda ion-relaksatsion qutblanish kuzatiladi. Bu holatda tashqi elektr maydoni ta’sirida moddaning kuchsiz bog‘langan ionlari maydon bo‘ylab tizilib joylashishadi. Yuqori sinuvchanlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan dielektrik- larda elektron-relaksatsion qutblanish kuzatiladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling