50
Yupqa pardali gibrid
IMS larni tayyorlashda maxsus pasta-
lardan foydalaniladi. Ular o‘z navbatida rezitsiv (rezistorlar
uchun), dielektrik (kondensator va izolatsion qatlamlar uchun)
va o‘tkazuvchi (o‘tkazgichlar, kontakt maydonlari va kondensator
qoplamalari uchun) larga bo‘linadi.
Rezitsiv pastalar
sifatida kumush va palladiy,
simob oksid-
lari, indiy, qo‘rg‘oshin asosidagi kompozitsiyalar hamda nitrid-
tantal pastalar qo‘llaniladi. Bog‘lovchi
modda sifatida, odatda,
qo‘rg‘oshin bo‘r silikatli shisha qo‘llaniladi.
Qalin pardali rezistorlarning solishtirma qarshiligi kvadratga 5
Om dan 1
Mom gacha, nominallari 0,5 dan 5·10
8
Om gacha,
yasalish aniqligi 0,2%. Lekin vaqt bo‘yicha bardoshliligi, yupqa
pardali rezistorlarga nisbatan yomon.
Nazorat savollari
1. Yuqori o‘tkazuvchan o‘tkazgich materiallarga ta’rif
bering va
misollar keltiring.
2. Yuqori qarshilikka ega bo‘lgan o‘tkazgich materiallarga ta’rif bering
va misollar keltiring.
3. Temir asosidagi qotishmalarga qanday metallar kiradi?
4. Termoparalar uchun qotishmalarga qanday metallar misol bo‘la
oladi?
5. Pardali rezistorlar uchun materiallar haqida gapirib bering.