Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Bo‘r uglerodli pardalar organik bor birikmalar, masalan,
B (S
4
N
9
)
3
ni piroliz (kislorodsiz, termik parchalash) yo‘li bilan
olinadi. Bunday pardalar kichik TK

qiymatiga ega bo‘ladilar.
Pardali rezistorlar uchun materiallar. Pardali va gibrid integral
mikrosxema (IMS) larda passiv elementlar, ya’ni rezistorlar,
kondensatorlar, induktivlik g‘altaklari va elementlararo bog‘la-
nishlar asosida turli pardalar hosil qilish yo‘li bilan olinadi.
IMSlar yupqa pardali va qalin pardali turlarga bo‘linadi:
qalin pardali IMS larning qalinligi 2 mkm dan oshmaydi, qalin
pardali IMS larda esa parda qalinligi ancha katta. Ular orasidagi
farq faqat qalinlikda emas, balki ularni hosil qilish texnologiya-
larida hamdir.
Rezitsiv pardalar hosil qilish uchun qo‘llanilayotgan mate-
rial uzoq vaqt davomida yuqori barqarorlikka ega bo‘lgan qarshilik
olishga, qarshilikning kichik temperatura koeffitsiyenti va yemiri-
lishlarga nisbatan yuqori chidamlilikka ega bo‘lishi kerak.
Asos — bu qalinligi 0,5—1,0 mm bo‘lgan, maromida silliq-
langan va pardozlangan dielektrik plastinalardir. Agar qarshiligi
uncha katta bo‘lmagan rezistor tayyorlash talab qilinsa, u holda
parda yuqori qarshilikka ega bo‘lgan qotishma, masalan, nixrom-
dan yasaladi. Yuqori qarshilikka ega bo‘lgan qarshilik hosil qilish
uchun metallning keramika bilan aralashmasi (kermet) dan
foydalaniladi. Rezistorli parda uchlarida rezistorni boshqa element-


49
lar bilan ulash uchun metall pardalar ko‘rinishida chiqishlar
yasaladi. Pardali rezistor qarshiligi parda qalinligi va kengligi
uning uzunligi va materialiga bog‘liq bo‘ladi.
Pardali rezistorlarning solishtirma qarshiligi alohida birliklarda —
/kvadratda o‘lchanadi, chunki mazkur kvadrat shaklidagi parda
qarshiligi kvadrat o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Haqiqatan
ham, agar kvadrat tomonlari masalan 2 martaga kattalashtirilsa,
u holda tok oqib o‘tish uzunligi 2 martaga ortadi, lekin pardaning
ko‘ndalang kesim yuzasi ham tok uchun 2 baravarga ortadi;
demak, qarshilik o‘zgarishsiz qoladi.
Yupqa pardali rezistorlar tayyorlash uchun qo‘llaniladigan
ba’zi materiallarning xossalari, 3.6-jadvalda keltirilgan.
3.6-jadval
3.6-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yupqa pardali rezistorlarning
temperaturaga bardoshliligi TK  taxminan 0,25·10
-4
K
-1
ga teng.
Uzoq muddatli ekspluatatsiyadan so‘ng bu rezistorlarning qarshi-
ligi uncha o‘zgarmaydi. Ularni tayyorlash aniqligi 0,05 % ni
tashkil etadi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling