Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Temir asosidagi qotishmalar
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Temir asosidagi qotishmalar. Bunday qotishmalar, asosan,
elektr qizdirgich elementlarda qo‘llaniladi. Bunday elementlar- ning issiqlikka bardoshliligi ularda qizish natijasida havoda silliq oksid parda hosil qiladigan metallarning mavjudligi bilan ifoda- lanadi. Nikel, xrom va aluminiy bunday metallarga misol bo‘la oladi. Temir qizitilganda oson oksidlanadi, lekin qotishmada temir miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, bu qotishma issiqlikka shuncha chidamli bo‘ladi. Fe-Ni-Cr tizimidagi qotishma nixrom yoki (temir miqdori yuqori bo‘lganda) ferronixrom; Fe-Ni-Al tizimidagi qotishmalar esa fexral va xromal deb ataladi. Turli qotishmalar harflar va sonlardan iborat bo‘lgan shartli belgilanish tizimiga ega. Harflar qotishma nomiga kiruvchi ele- mentlarning asosiy xossalarini namoyon etib, har doim ham uning birinchi harfida ifodalanmaydi (masalan, B harfi niobiy ekanligini ifodalaydi, V—volfram, G—marganes, D—mis, K—kobalt, L—berilliy, N—nikel, T—titan, X—xrom, Y—alu- miniy va h.k.), son esa mazkur komponentning qotishmadagi taxminiy miqdorini anglatadi (% massalarida); belgi boshidagi qo‘shimcha son (0 soni) qotishmadagi element miqdorining oshirilganligini yoki (1 soni) kamaytirilganligini bildiradi. Shun- day qilib, 3.3-jadvaldagi OX 25 Y 5 belgi 25 % xrom va 5 % 44 aluminiydan tashkil topgan yuqori issiqlikka chidamlilikka ega bo‘lgan qotishmaga mos keladi. Agar oksid uchuvchan bo‘lsa, qolgan metallni oksidlanish- dan himoyalashi mumkin. Volfram va molibden oksidlari oson uchadi, shuning uchun bunday metallar kislorod ta’sirida qizigan holatda ishlay olmaydi. Agar oksid uchuvchan bo‘lmasa, oksid- lanish jarayonida metall sirtida parda hosil bo‘ladi. TKl va uning oksid pardalari qiymati bir-biriga yaqin bo‘lgan qotishmalar havoda, yuqori temperaturada katta barqarorlikka ega bo‘ladi. Xrom-nikelli qotishmalarning bardoshliligi shu bilan tushuntiriladi. Temperatura keskin o‘zgarganda oksid pardada yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin; u holda yana qizish natijasida havo kislorodi hosil bo‘lgan yoriqlarga kirib, qotishmaning oksidlanishini davom etti- radi. Shu sababli nixromdan yasalgan elektr qizdirgich element qisqa vaqtlarda ishlatilganda, xuddi shu temperaturada uzluksiz ishlashi natijasida tezroq kuyib ketishi mumkin. 3.3-jadval Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling