Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Yuqori qarshilikka ega bo‘lgan


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

3.2. Yuqori qarshilikka ega bo‘lgan
o‘tkazgich materiallar
Yuqori qarshilikka ega bo‘lgan qotishmalar. Yuqori qarshi-
likka ega bo‘lgan qotishmalarga normal temperaturada 

qiy-
mati 0,3 mk  · m dan kichik bo‘lmagan materiallar kiradi. Ular
rezistorlar, turli datchiklar, termoparalar, elektr qizdirgich ele-
mentlar va boshqalar yasashda ishlatiladi.
Ikki yoki undan ko‘p metallardan iborat qotishmalarda

ning ortishi faqat ular qattiq eritma hosil qilgan hollardagina
yuz beradi. Ya’ni qotish jarayonida birlashgan kristall hosil bo‘ladi
va bir metall atomi ikkinchisining kristall panjarasiga kiradi.
Turli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan ikki metall eritilganda,
har birining tarkibi foizi o‘zgarishi natijasida bir metall atomi
ikkinchisining fazoviy panjarasiga kirishi sababli, qattiq eritmalar
yoki turli kimyoviy tuzilmaga ega bo‘lgan birikmalar (daltonidlar)
hosil bo‘ladi. Birinchi turga Cu-Ni tizimidagi qotishma misol bo‘la
oladi. 

ning qotishma tarkibidagi komponent foizining o‘zga-
rishiga bog‘liqligi 3.3-rasmda ifodalangan.


41
Mg-Zn tizimida komponent foizining o‘zgarishi turli kimyo-
viy birikmalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Mg-Zn tizimidagi qo-
tishmadagi kimyoviy birikmalar turi va 

ga bog‘liqligi 3.4-rasmda
keltirilgan. 

funksiya egri chizig‘ida singumer nuqtalar
kuzatiladi; bu nuqtalar oralig‘ida qotishma tarkibining 

funksiyasi
tekis egri chiziqni ifodalaydi.
Agar ikki metall qotishmasi ajralgan kristall (ya’ni, qotishma
komponentlari qattiq eritma hosil qilsa va kristall panjara buzil-
masa) hosil qilsa, u holda qotishma 

si siljishning arifmetik
qoidasi bilan aniqlanadi.
Qotishmalar elektr o‘lchov asboblari va namunaviy rezistor-
larda qo‘llanilganda, yuqori solishtirma qarshilik 

dan tashqari,

ning vaqt bo‘yicha barqarorligi, solishtirma qarshilikning kichik
temperatura koeffitsiyenti 


talab qilinadi. Elektr qizdirgich asbob-
lar uchun qotishmalar havoda yuqori temperaturalarda (

1000°C va
3.3-rasm. 

ning qotishma tarkibidagi
komponent foizining o‘zgarishiga bog‘liqligi.
0
20
40
60
80 100 %, Ni
, mk
·m
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
0,6
0,7
100
80
60
40
20
0 %, Ñu


42
undan yuqori) uzoq vaqt ishlashi talab qilinadi. Ko‘p hollarda
qotishmalardan juda kichik diametrli egiluvchan simlar yasaladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling