Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

l/l, %,
Kadmiyli
bronza
(0,9 % Cd)
4
50 gacha
1050 gacha
310
Qattiq
kuydirilgan
83—90
95
Bronza
(0,8 % Cd,
0,6 % Sn)
4
55 gacha
730 gacha
290
Qattiq
kuydirilgan
50—55
55—60
Bronza
(2,5% Al,
2% Sn)
4
45 gacha
970 gacha
370
Qattiq
kuydirilgan
15—18
15—18
Fosforli
bronza
7 % Sn,
0,1 % P
3
60 gacha
1050 gacha
400
Qattiq
kuydirilgan
10—15
10—15
Latun
(30 % Zn)
5
60—70 gacha
880 gacha
320—350
Qattiq
kuydirilgan
25
25


37
Bu natijani shartli ravishda teng o‘tkazuvchanlikni ta’min-
laydigan aluminiy simlarning mis simlarning og‘irligidan ikki
marta yengilligi bilan izohlash mumkin. Bu vaqtda aluminiyning
bir tonnasi misnikidan ikki baravar qimmatligini va misga
nisbatan kamyob materialligini ham e’tibordan chetda qoldir-
maslik kerak.
Elektrotexnik maqsadlarda A1 markali aluminiy ishlatiladi,
undagi kiritmalar miqdori 0,5 % dan oshmaydi. Yanada sof
aluminiy AV00 markali bo‘lib (kiritmalar miqdori 0,03 % dan
oshmaydi), aluminiyli folga, elektrolit kondensatorlarning kor-
pusi va elektrodlarini yasashda qo‘llaniladi. Aluminiyni tekis-
lash, cho‘zish va kuydirish jarayonlari misnikidagi amallarga
aynan mos keladi. Aluminiydan qalinligi juda yupqa bo‘lgan
(6—7 mkm gacha) qog‘ozli va pardali kondensatorlarda obkladka
sifatida ishlatiladigan folga ishlab chiqarish mumkin. Mazkur
material kondensatorlar yasash mumkin bo‘lgan boshqa metallar
(masalan, nikel, xrom)ga nisbatan kam miqdorda qisqa tuta-
shuvlarga olib keladi. Bu holat aluminiyning ancha past bug‘lanish
temperaturasiga ega ekanligi bilan tushuntiriladi.
Aluminiy — integral mikrosxemalar (IMS) asosi va kristall
sirtida diod va tranzistorlarning chiqishlari, kontakt yuzalar,
sxemaning ichki bog‘lanishlarini hosil qilish jarayoni — me-
tallizatsiyalashda qo‘llaniladi. Bu vaqtda aluminiy qalinligi 0,5 dan
2 mkm gacha bo‘lgan parda ko‘rinishida bo‘ladi. Metallizatsiya
uchun oltin, nikel, qalay, kumush, xrom, aluminiy va Or-Au,
Ti-Au, Mo-Au, Ti-Pt-Au va h.k. tizimlar qo‘llanilishi mumkin.
Kremniyli IMSlarda metallizatsiya sifatida aluminiy ko‘proq
qo‘llaniladi, chunki u quyidagi sifatlarga ega:
— yupqa parda sifatida surtilgan aluminiy, hajmiy material
o‘tkazuvchanligiga yaqin bo‘lgan yuqori o‘tkazuvchanlikka ega;


38
— kremniy nisbatan yaxshi adgeziyaga ega;
— vakuumda bug‘lanadi;
— yetarli darajada egiluvchan bo‘lib, temperaturaning davriy
o‘zgarishlariga bardoshli;
— arzon narxga ega.
Metallizatsiya vakuumda termik bug‘lanish usuli bilan amalga
oshiriladi. Aluminiy havoda yupqa oksid parda orqali aktiv oksid-
lanadi. Bu parda aluminiyni keyingi yemirilishlardan saqlaydi,
katta o‘tish qarshiligini hosil qilmaydi. Shuning uchun mikro-
sxema kontakt sirtlari bilan tashqi chiqishlarni birlashtirish
ultratovush payalnigi yoki maxsus pastalar — kavsharlarni
qo‘llash yordamida payvandlash bilan amalga oshiriladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling