Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Nazorat savollari
1. Yarimo‘tkazgichlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
2. Yarimo‘tkazgichlarning zona diagrammasini tushuntirib bering.
3. Erkin zaryad tashuvchi (EZT) deganda nimani tushunasiz?
4. Elektron va kovak o‘tkazuvchanlikka ta’rif bering.
5. Xususiy elektr o‘tkazuvchanlik nima? Xususiy yarimo‘tkazgich-
larda EZT konsentratsiyasi.
6. Yarimo‘tkazgichlarga qanday kiritmalar ta’sir ko‘rsatadi?
7. Donor va akseptor kiritmalar nima?
8. Elektron va kovak yarimo‘tkazgichga ta’rif bering.
9. Qanday EZT asosiy va qandaylari asosiy bo‘lmagan deb ataladi?
10. Nima sababli temperatura o‘zgarganda yarimo‘tkazgichdagi EZT
konsentratsiyasi o‘zgaradi va qanday o‘zgaradi?


32
III BOB. 
O‘TKAZGICH MATERIALLAR
3.1. Yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan
 o‘tkazgich materiallar
Yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan eng keng tarqalgan
materiallar bo‘lib mis va aluminiy, integral sxemotexnikada esa
oltin, nikel, qo‘rg‘oshin, kumush va Cr bilan Au, Ti va Au tizim-
lari, molibden va boshqalar hisoblanadi.
Mis. Elektrotexnika va metallurgiya mis eng ko‘p ishlatiladi-
gan sohalar hisoblanadi. Elektrotexnikada, asosan, mis o‘t-
kazgich materiallar ishlab chiqarishda, metallurgiyada esa turli
materiallar bilan qotishmalar olishda qo‘llaniladi.
Mis quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
— kichik solishtirma qarshilik;
— yetarli darajada mexanik mustahkamlik;
— qoniqarli ravishda yemirilishlarga chidamlilik;
— yaxshi ishlov beriluvchanlik: mis list va lentalarga tekisla-
nadi, millimetrning mingdan bir qismi qalinligidagi sim ko‘ri-
nishida cho‘ziladi;
— payvand ishlarining nisbatan osonligi.
Mis maxsus konvertorlarda uning oltingugurtli birikmalaridan
ajratib olinadi. Eritilgan qora mis tarkibida 95—98% Cu bo‘ladi.
Undagi aralashmalarning ko‘p qismi pechlarda qayta eritish nati-
jasida olib tashlanadi. Bu vaqtda 99,7% Cu bo‘lgan mis olinadi.
Yanada sof mis olish uchun mis elektrolit tozalanadi.
O‘tkazgich material sifatida M1 (9,99 % Cu) va MO (99,95
% Cu) markali mis ishlatiladi. Misning solishtirma o‘tkazuv-
chanligi boshqa metallar kabi kiritma mavjudligiga va uning turiga


33
kuchli ravishda bog‘liq bo‘ladi. Kiritmalar metallarda solishtirma
qarshilikning ortishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, kiritma va qotishmali
metall bir-biri bilan qattiq eritma hosil qilganda  keskin ortadi,
ya’ni qotish vaqtida birgalikda kristallashadi va bir metall atom-
lari ikkinchisining panjarasiga kiradi. Mis tarkibida Zn, Cd,
Ag, Ni, Sn, Al, Be, As, Si va P kiritmalari bo‘lishi mumkin.
Mis solishtirma o‘tkazuvchanligiga ba’zi metall kiritmalari-
ning ta’siri 3.1-rasmda keltirilgan. Elektrolit tozalashdan so‘ng
misning katod platinalari 80—90 kg li bolvankalarda eritiladi,
ya’ni talab qilinayotgan kesim yuzasiga ega bo‘lgan mahsulot
tekislanadi va cho‘ziladi. Sovuq holatda cho‘zish natijasida qattiq
mis (QM) hosil qilinadi. Naklyop natijasida mis cho‘zilishda
yuqori mustahkamlik chegarasiga va uzilish oldidan nisbatan
3.1-rasm. Mis elektr o‘tkazuvchanligiga kiritmaning ta’siri.
Sof misning solishtirma o‘tkazuvchanligi 100 % deb qabul qilingan.
Kiritmalar egri chiziqlar oldida ko‘rsatilgan.
86
0,2
0,4
0,6
0,8
1
P
88
90
92
Al
Fe
SO
Zn
Rb
94
96
98
100
-mk  · m
Kiritmalar %


34
kichik uzunlashishga hamda bukilganda qattiqlik va egiluvchanlikka
ega bo‘ladi. Qattiq misdan tayyorlangan sim prujina xossasiga ega
bo‘ladi. Naklyop — sovuq holatda deformatsiya ta’siri o‘zgarishi
natijasida metall deformatsiyasining o‘zgarish jarayoni. Natijada
metallning mustahkamligi ortadi va elastikligi pasayadi.
Agar mis kuydirilsa, ya’ni keyingi sovitish yo‘li bilan bir
necha yuz gradusgacha qizdirilsa, yumshoq mis (YM) hosil
bo‘ladi. Bu mis nisbatan egiluvchan, kam qattiqlikka va uncha
katta bo‘lmagan mutahkamlikka ega. Uzilishdan oldin kuchli
ravishda cho‘ziladi va solishtirma qarshiligi ancha yuqori.
Misning solishtirma qarshiligiga kuydirishning ta’siri 3.2-rasmda
ifodalangan.
Qattiq misdan kontakt simlari, taqsimlash qurilmalari shina-
lari, elektr mashina plastinalari va boshqalar tayyorlanadi. Aylana
va to‘g‘ri burchakli kesimga ega bo‘lgan mis simlar, asosan,
kabellar va g‘altak simlari sifatida ishlatiladi. Chunki bu hollarda
mustahkamlik emas, balki egiluvchanlik va prujinaviylikning
yo‘qligi muhim sanaladi.
Mis va aluminiy simning xossalari 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.2-rasm. Mis solishtirma qarshiligiga kuydirishning ta’siri.
200 400 600 800
Kuydirish temperaturasi
0,0165
0,0170
0,0175
-mk  ·m


35
3.1-jadval
Elektrotexnikaning turli sohalarida misdan tashqari o‘tkaz-
gich material sifatida uning qo‘rg‘oshin, kremniy, fosfor, berilliy,
xrom, magniy, kadmiy bilan qotishmalari ham qo‘llaniladi.
Bunday qotishmalar bronza deb ataladi. Bronza tok o‘tkazuvchi
prujinalar va h.k. tayyorlashda ishlatiladi. Elektrotexnikada qo‘lla-
niladigan ba’zi mis qotishmalarining tarkibi va xossalari 3.2-jad-
valda keltirilgan.
Kadmiyli bronza eng yuqori mexanik mustahkamlik va qattiqlikka
ega. Shuning uchun u maxsus kontakt simlarda va mas’ul vazifalarni
bajaradigan plastina kollektorlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Latun yetarli darajada yuqori solishtirma qarshilikka ega va shu
sababli oson shtampovkalanadi, chuqur so‘riladi va h.k. Elektro-
texnikada turli shakldagi va profildagi tok o‘tkazuvchi detallar
yasashda keng qo‘llaniladi.
Mis ancha qimmat va kamyob material hisoblanadi va
o‘tkazgich material sifatida ko‘p hollarda boshqa metallar bilan,
asosan, aluminiy bilan almashtiriladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling