Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Qo‘rg‘oshin. Qo‘rg‘oshin — yumshoq, egiluvchan, yuqori
solishtirma qarshilikka ( = 0,21 mk  · m), kichik mustahkam-
likka ega bo‘lgan metall. Yemirilishlarga nisbatan juda yuqori
bardoshlilikka ega, suv, oltingugurtli va tuzli kislotalar va bir
qator ta’sirlarga bardoshli. Katta miqdordagi qo‘rg‘oshin elektr
kabellarini namlik ta’siridan himoyalovchi izolatsiyalar, qobiqlar
sifatida keng qo‘llaniladi. Qo‘rg‘oshin yumshoq saqlagichlar
yasashda ham ishlatiladi, chunki ancha past erish temperaturasiga
(327°C) ega.
Qalay. Qalay — yumshoq, cho‘ziluvchan metall bo‘lib, undan
qalinligi 6—8 mkm bo‘lgan yupqa folga olish mumkin. 15 %
qalay va 1 % surma kiritmali folga ba’zi turdagi sludali konden-
satorlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Katta miqdordagi qalay
bronza va kavsharlar yasashda ishlatiladi.
Rux. Rux — elektrolitik tozalanadigan metall. Rux latunning
tarkibiy qismi, himoyalovchi qobig‘i sifatida qo‘llaniladi. Bundan
tashqari, rux fotoelementlarda va kichik o‘lchamli metall-qog‘ozli
kondensatorlarning qog‘ozini metallashtirishda ham qo‘llaniladi.


40
Qog‘ozga metall qatlamini surtish 600°C temperaturada vakuumda
ruxni bug‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kadmiy. Kadmiy — rux kabi elektrolit tozalanadigan metall.
Fotoelementlar va o‘ta yuqori chastota tolalarini kumush o‘rniga
qobiqlash uchun qo‘llaniladi. Kadmiy bir qator bronzalar va
kavsharlar tarkibiga kiradi.
Indiy. Indiy — past erish temperaturasiga (156°C) ega bo‘lib,
yarimo‘tkazgichli diod va tranzistorlar ishlab chiqarishda kontakt
material va akseptor kiritma sifatida qo‘llaniladigan metall.
Galliy. Galliy — deyarli xona temperaturasida (29,7°C) eriy-
digan metall. Indiy kabi u ham yarimo‘tkazgichli texnikada germa-
niy uchun akseptor kiritma sifatida ishlatiladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling