Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Plastmassalar, izolatsiyalovchi loklar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

4.3. Plastmassalar, izolatsiyalovchi loklar,
emallar, kompaundlar
Agar polimerlar keng temperatura diapazonida yumshoq-
ligicha qolsa va yengil deformatsiyalansa, ular elastomerlar yoki
kauchuklar deb ataladi. Agar aytib o‘tilgan sharoitlarda polimerlar
o‘zlarini qattiq jismdek tutsalar, ular plastomerlarplastik massa-
lar yoki polimer shishalar deb ataladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra polimerlar uch sinfga bo‘linadi:
— karbonoyob;
— geteronoyob;
— oganik elementli.
Birinchi sinfga faqat uglerod atomidan tashkil topgan poli-
merlar: sintetik kauchuklar, polietilen, poliðropilen, polivinilxlo-
rid, polistirol, polimetilmetakrilat, teflon, ftoroplastlar kiradi.
Ikkinchi sinfga uglerod atomidan tashqari yana kislorod, azot,
oltingugurt yoki fosfor atomlari bo‘ladigan organik polimerlar


61
kiradi. Geteronoyob polimerlarga polietilentereftalat, kraxmal,
oqsillar va boshqalar kiradi.
Organik elementli polimerlar — bu shunday yuqori molekular
birikmalarki, ular tarkibiga ugleroddan tashqari boshqa element
atomlari ham kiradi. Amaliyotda keng qo‘llaniladiganlari elastomer,
plastik massa va qoplamalar kabi organik kremniyli birikmalardir.
Yuqori molekular organik moddalarning murakkab aralash-
malari smola deb ataladi. Ular o‘xshash kimyoviy tabiatga va
umumiy fizik xossalarga ega. Past temperaturada smolalar amorf,
shishasifat mo‘rt massalardir. Qizitilganda smolalar yumshaydi,
avval plastik, keyin esa suyuq holatga o‘tadi. Elektr izolatsiyada
qo‘llaniladigan smolalar ko‘p hollarda suvda erimaydi, lekin mos
keluvchi organik eritgichlarda eriydi.
Elektr izolatsiyada sintetik smolalar (polietilen, polistirol,
polivinilxlorid, polimetilmetaseklat, ftoroplast, lavsan, epoksid
smola va boshqalar) muhim o‘rin tutadi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling