Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Optik tolalar (optik aloqa kabellari) — buralgan shisha tolalar,
jgut bo‘lib ular turli sinish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan turli tarkibli shishali qobiq va o‘zakka ega. Unda o‘zakning sinish ko‘r- satkichi n 1 , qobiq sinish ko‘rsatkichi n 2 dan katta bo‘ladi. Ko‘p shisha tolalar uchun -2 -3 1 2 1 ( ) 10 10 n n n . Yorug‘lik nuri yorug‘lik zichligi kattaroq muhitdan (o‘zak) yorug‘lik zichligi kamroq muhitga chegaraviy qiymatdan katta burchak ostida tushganda, to‘liq ichki qaytarish yuz beradi va nur ko‘p marta qaytarilib, tashqi muhitga chiqmasdan, tola bo‘ylab tarqaladi (4.5- rasm). Ikki qavatli shisha tola diametri 20—30 mkm ni tashkil etadi. Optik tolali uzatish tizimlarida axborot signallari optik shisha to- lalar bo‘ylab uzatiladi. Mikroelektronikada kremniy monooksidili (SiO) amorf par- dalar rezistorlar, pardali kondensatorlarda dielektrik, mikrosxe- malarda qatlamlar orasidagi izolatsiya va himoya sirtlari sifatida keng qo‘llaniladi. Barcha pardali elementlar texnologiyasi, albatta, 4.5-rasm. Shisha tolani ishlash prinsiði. n2 n1 72 o‘tkazuvchi, rezitsiv va izolatsion materialdan mos keluvchi asosga parda o‘tkazish jarayonini o‘z ichiga oladi. Yupqa pardalarni vakuumli cho‘ktirish texnologiyasi keng qo‘llaniladi. Kremniy monooksidi vakuumda (10 -3 —10 -4 Pa dan yuqori) 1100—1200°Ñ temperaturada oson bug‘lanadi. Sitallar. Sitallar maxsus tarkibga ega shishalarni kristallash yo‘li bilan tayyorlanadi («sitall» so‘zi «silikat» va «kristall» so‘z- larining qisqartmasi). Shishani kristallash uchun butun hajmga stimulatorlar: TiO 2 , FeS, ba’zi metallarning ftorid va fosfatlari kiritiladi. Bunday sitallar termositallar deb ataladi. Agar kristal- lash stimulatorlari kumush, oltin, mis va boshqalarning mayda zarrachalari bo‘lsa, fotositallar hosil bo‘ladi. Odatda, elektr sital- lar xuddi shunday tarkibga ega bo‘lgan amorf shishalar va keramikalarga nisbatan yuqori elektr izolatsion xossalarga va elektr mustahkamlikka ega bo‘ladilar. O‘ta yuqori chastota texnikasida shisha, kondensatorlar yasash- da keramika o‘rniga sitallar qo‘llaniladi. Aktiv dielektriklar sifatida qo‘llaniladigan segneto- va pyezositallar ham mavjud. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling