Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Qatlamli plastiklar. Past chastotali zanjirlarning konstruk-
sion va elektr izolatsion materiallari sifatida asosi u yoki bu tolali
material bo‘lgan qatlamli plastiklar keng qo‘llaniladi. Ularga geti-
naks, tekstolit va boshqalar kiradi.
Getinaks A bosqichida fenolformaldegid smola yoki shu
turdagi boshqa smolalar shimdirilgan qog‘ozni qaynoq presslash
usuli bilan olinadi. Qog‘ozni smola bilan shimdirishni turli usullar


65
bilan amalga oshiradilar: lok bilan, eritilgan smola surtish yo‘li
bilan yoki suvli smolali suspenziyaga botirish yo‘li bilan. Oxirgi
usul ancha arzon bo‘lib, qoniqarli sifatdagi material olishga imkon
beradi.
Shimdirilgan qog‘oz kerakli shakldagi listlarga bo‘linadi,
kerakli qalinlikdagi uyumlarga yig‘iladi va gidravlik pressdagi po‘lat
plitalar oralig‘iga joylanadi. Qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun plitalarni bir
necha isitish qavatlariga joylashtiriladi, shimdirilgan qog‘ozlarni
birvarakayiga barcha qavatlarga joylanadi. Presslash vaqtida issiqlik
plitalardan presslanayotgan materialga uzatiladi; fenolformaldegid
smola eriydi, qog‘oz tolalari oraliqlardagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi va
alohida listlar ko‘rinishida pishitiladi (C bosqichiga o‘tiladi), qotiri-
ladi va qog‘ozning alohida qavatlari mahkam bog‘lanadi.
Getinaks presslanganda materialga berilayotgan bosim
(100—120) 10
5
n/m
2
ga teng bo‘ladi. Pressdagi plitalar tempera-
turasi 160—165°C; qaynoq plitalar orasida bosim ostida ushlanish
vaqti har bir millimetr qalinlik uchun 2 minutdan 5 minutgacha.
Radioapparaturalarda qo‘llaniladigan getinaks xossalari
3.1-jadvalda keltirilgan.
Getinaks qatlamli tuzilishga ega bo‘lganligi sababli, perpen-
dikular va parallel yo‘nalishlardagi elektr xossalari turlicha (3.1-
jadvalga qarang). Masalan, getinaksning qatlamlar bo‘ylab
solishtirma hajmiy qarshiligi, ko‘ndalang qatlamlardagiga nisbatan
50—100 marta kichik, qatlamlar bo‘ylab elektr mustahkamlik esa
ko‘ndalang qatlamlardagiga nisbatan 5—8 marta kichik. Getinaksni
mexanik usulda qayta ishlash mumkin. Bu vaqtda qirqish asboblari
qattiq qotishmalardan tayyorlanishi kerak; stanoklar chang
yutadigan tyaga bilan jihozlangan bo‘lishi lozim; uncha katta
bo‘lmagan uzatishlarda kesish tezligi katta bo‘ladi; sovitish faqat
havo orqali amalga oshiriladi. Ingichka getinaks shtampovka


66
qilinayotganda, odatda, detal chekkalari yorilib ketmasligi uchun
oldindan isitish qo‘llaniladi. Shtampovka qilingan detallarning
chekkalarini elektroizolatsion lok bilan himoyalash tavsiya etiladi.
Materialning sirtki qatlamini frezirovka qilish mumkin emas, chun-
ki qayta ishlash natijasida getinaksning namlikka bardoshliligi
yomonlashadi.
Radioapparaturaning past chastotali zanjirlari pechat sxema-
larini yasashda folgalangan getinaks qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda
bunday materialning 7 turi ishlab chiqariladi. Bunday getinaks,
bir yoki ikki tomonidan qalinligi 0,035—0,05 mm bo‘lgan elek-
trolit qizil mis bilan qoplangan bo‘ladi.
Tekstolit getinaksga o‘xshaydi, lekin shimdirilgan qog‘ozdan
emas, shimdirilgan tabiiy matodan yasaladi. Uning yuklamaning
o‘zgarmas kuchlanishida shimdirilgan tabiiy matodan yasalgan
tekstolitning elektr va mexanik xossalari getinaksnikidan kam,
lekin yuqori solishtirma zarba qovushoqlikka ega.
4.1-jadval

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling