Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Qattiq dielektriklarning teshilishi
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Organik qattiq dielektriklar
Qattiq dielektriklarning teshilishi. Dielektrik bir jinsli
bo‘lganda undagi elektr teshilish sof elektron jarayon hisob- lanadi va qattiq jismlarda ozgina boshlang‘ich elektronlardan ko‘chki sodir bo‘ladi. Lekin ko‘pgina dielektriklar bir jinsli bo‘lma- gan strukturaga ega. Bunday dielektriklarda doim nuqsonlar, gazlar mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ularda elektr, issiqlik hamda elektr kimyoviy teshilishlar sodir bo‘lishi mumkin. Issiqlik teshilish elektr o‘tkazuvchanlik yoki dielektrik yo‘qotishlar yuqori bo‘lganda sodir bo‘ladi va elektr maydonda material o‘zining elektr izolatsion xususiyatlarini yo‘qotadigan temperaturagacha qiziydi. Izolatsion materiallarning elektr kimyoviy teshilishi yuqori temperatura va yuqori havo namligida kuzatiladi. Bu jarayon elektroliz kuchli bo‘lib materialda kimyoviy aktiv moddalar ajralganda boshlanadi, yoki yarimo‘tkazgich birikmalar hosil bo‘ladi. 4.2. Organik qattiq dielektriklar Organik polimerlar yoki yuqori molekular birikmalar deb organik moddalar, ya’ni uglerodning noyob tuzulishga ega, katta va egiluvchan molekulalardan tashkil topgan elementlar bilan birikmasiga aytiladi. Yuqori molekular birikmalarga ba’zi tabiiy moddalar, masalan selluloza, iðak, oqsillar, kauchuk va past molekular moddalardan tayyorlangan sintetik materiallar (tabiiy gaz, neft, ko‘mir va boshqalar) ham kiradi. Polimerlar, ayniqsa, sintetik polimerlar elektr izolatsion texnikada keng qo‘llaniladi. Polimerlar monomerlardan — bir zveno yoki uning bir qismidan tashkil topgan, polimerlash reaksiyasida qatnashishga molik bo‘lgan past molekular birikmalardan hosil qilinadi. Poli- merlanishda molekular massa ortadi, erish va qaynash tempe- raturasi ortadi, qovushqoqlik ortadi, polimerlanish jarayonida 60 modda gazsimon yoki suyuq holatdan qattiq holatga o‘tadi. Polimer hosil bo‘lish jarayoni yondosh (yordamchi) mahsu- lotlar ajralib chiqishi bilan kechadigan reaksiyalar polikon- densatsiya reaksiyalari deyiladi. Polimerlar polimerlanish darajasi bir polimer molekulasiga birikkan monomer molekulalari soni n bilan tasniflanadi. Polimerlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, erish temperaturasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Polimer mole- kulalari shakli va tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: chiziqli va fazoviy. Chiziqli polimerlar nisbatan egiluvchan va elastik; tempe- ratura muayyan ortganda yumshaydi, keyin esa eriydi. Fazoviy polimerlar qattiqlikka ega; faqat yuqori temperaturalarda yum- shaydi va yumshash temperaturasiga yetganda buziladi (yonib ketadi). Chiziqli polimerlar tegishli eritgichlarda eriydi, fazoviy polimerlar esa deyarli erimaydi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling