Dielektrik yo‘qotishlar. Dielektrik yo‘qotishlar deb elektr
maydonida joylashgan dielektrikning issiqlikka aylanadigan ener-
giyasining bir qismi tushuniladi. Elektr izolatsion materialdagi
juda katta dielektrik yo‘qotishlar uning kuchli qizishi va parcha-
lanishiga olib keladi.
O‘zgarmas elektr maydonida qutblanish o‘rnatilishi jarayoni
bir marta ro‘y beradi va uncha katta bo‘lmagan issiqlik ajralib
chiqadi. O‘zgaruvchan elektr maydonida bir to‘liq davr mobay-
nida qutblanish ikki marta o‘rnatilib, ikki marta yo‘qoladi.
Agar dielektrikda relaksatsion qutblanish ro‘y bersa, elektr
maydonining yuqori chastotalarida yuqori qutblanish vaqt
bo‘yicha yuqori maydon qutblanganligidan kechga qoladi, ya’ni
maydon kuchlanganligi bilan qutblanish o‘rtasida faza siljishi
sodir bo‘ladi. Faza siljishining bu qiymati dielektrik yo‘qotishlarni
belgilaydi. Faza siljishi bo‘lmasa, dielektrik yo‘qotishlar ham
bo‘lmaydi, ya’ni dielektrikning qizishi sovitish bilan kompen-
satsiyalanadi.
Kondensator qoplamalari orasidagi dielektrik yo‘qotishlar
qiymati P quyidagicha aniqlanadi:6034382
2
,
P
U
C tg
bu yerda, U — kondensator qoplamalaridagi kuchlanish;
f
2
— aylanma chastota; C — kondensator sig‘imi; tg — dielek-
trik yo‘qotishlar burchagining tangensi, u tokning aktiv tashkil
etuvchisi bilan tokning reaktiv tashkil etuvchilarining yig‘indisiga teng.
Bir turli maydonda dielektrikning kub santimetr hajmdagi
dielektrik yo‘qotishlari:
2
,
P
E
tg
bu yerda, E — o‘rtacha maydon kuchlanganligi, — dielektrik
kirituvchanlik.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |