Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Sintetik sluda. Sintetik sluda kristallari maxsus tuzilgan shixta
eritmasidan o‘stiriladi. Tarkibi KMg
3
(Si
2
Al
10
)F
2
dan iborat bo‘l-
gan ftorflogopitdan eng yaxshi natijalar olingan. Shixta 1380 °C da
eriydi, kristallashish jarayoni esa 1340°C temperaturada amalga
oshadi. 4.8-rasmda ko‘rsatilgan sintetik sluda kristali tabiiy sludaga
o‘xshash bo‘lib, yupqa plastinkalarga oson parchalanadi. Tarkibida
kristallovchi suv mavjud emasligi tufayli, sintetik sluda tabiiy slu-
daga nisbatan ancha yuqori issiqbardoshlikka ega. 600—700°C
ishchi temperaturaga ega kondensatorlarda dielektrik sifatida ham
qo‘llanilishi mumkin.
Sintetik sluda elektron lampalarda, shisha tola darchalari va
yuqori energiya zarrachalari hisoblagichida izolatsion ekran sifatida
qo‘llanilishi mumkin.
Mikaleks kukunsifat tabiiy sluda va maydalangan tez eruvchi
shishaning issiqlik yordamida presslanishi natijasida hosil bo‘la-
digan qattiq materialdir. Mikaleks olish uchun sludalar listlar


79
yoki turli kesimga ega sterjenlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi va
ularga keyinchalik mexanik qayta ishlov beriladi.
Mikaleks uncha katta bo‘lmagan dielektrik yo‘qotishlarga,
yuqori issiqbardoshlikka, namga chidamlilikka va mexanik
mustahkamlikka ega. Mikaleks radioelektron sanoatda katta quvvatli
lampalarni o‘rnatgichi, havo kondensatorlari paneli, taroq,
induktivlik g‘altaklari, ulagich platalari va boshqa detallarni ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Mikaleksga metall kontaktlarni presslab
kiritish mumkin.
Novomikaleks shisha birikma bilan mahkamlangan sintetik
sludadan tayyorlanadi.
4.5. Gaz holatidagi va suyuq dielektriklar
Gaz holatidagi dielektriklar. Gaz holatidagi dielektriklar elektr
izolatsion material sifatida qo‘llanilganda quyidagi afzalliklarga ega:
yuqori solishtirma qarshilik , kichik (birga yaqin) dielektrik
singdiruvchanlik , kichik dielektrik yo‘qotishlar burchagi tan-
 4.8-rasm. Sluda elektr mustahkamligining E
must
 qalinlikka bog‘liqligi:
1—muskovit; 2—flogopit; 3—ftorflogopit.
0,04
0,08 0,12 0,16
0,2
h, mm
0
100
200
300
400
Emust., mV/m
3
2
1


80
gensi tg . Gaz holatidagi elektr izolatsiyaning kamchiligi kichik
elektr mustahkamlik hisoblanadi.
Gaz holatidagi dielektriklar havo elektr uzatish liniyalarida
simlar oralig‘ida izolatsiya hosil qiladi, elektrovakuum asboblarda
va yorug‘lik manbalarida (inert gazlar, argon, neon va boshqalar),
gaz kondensatorlarida (azot, galogen) elektrodlar oralig‘ini
to‘ldiradi va katta elektr mashinalarda sovitish muhitini hosil qiladi
(vodorod, geliy).
Gazlarning elektr mustahkamligi E
must
 bosimga kuchli bog‘liq
(4.9-rasm). Gazlarni vakuumli kondensator, gaz bilan to‘ldirilgan
yuqori bosimli kabellarda va boshqa yuqori kuchlanish qurilma-
larida elektr izolatsiya sifatida qo‘llanilishi E
must
= f() bog‘liqlikka
asoslangan.
Elektr mustahkamlik yana elektrodlar oralig‘idagi masofa ga
ham bog‘liq: kamaysa E
must 
ortadi (4.10-rasm).
va  bir vaqtda o‘zgarsa, quyidagi qonuniyat (Pashen qo-
nuni) o‘rnatilgan: agar razryad oralig‘i uzunligi h va gaz bosimi
, ularning ko‘paytmasi o‘zgarishsiz qoladigan qilib o‘zgartirilsa,
4.9-rasm.  E
must
ning  ga bog‘liqligi
(punktir chiziq bilan normal bosim ko‘rsatilgan).
E
m
h= const



81
teshilish kuchlanish qiymati o‘zgarmaydi, ya’ni U
tesh
h ko‘-
paytmasi funksiyasi hisoblanadi (4.11-rasm).

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling