Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Elektrotexnik kremniyli po‘lat
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Permolloylar
Elektrotexnik kremniyli po‘lat ommaviy iste’mol uchun
asosiy magnit yumshoq material bo‘lib, u listli elektrotexnik po‘latga kremniy kiritish yo‘li bilan olinadi. Buning natijasida solishtirma qarshilik ortadi, natijada uyurma toklardagi yo‘qo- tishlar kamayadi. Bundan tashqari, po‘lat tarkibidagi kremniy hisobiga ortadi, N S kamayadi va gisterezisdagi yo‘qotishlar kamayadi. Lekin kremniy temirning mexanik xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning mo‘rtligi ortadi va listga quyishni hamda shtamplashni qiyinlashtiradi. Po‘lat tarkibida 4 % gacha kremniy 93 bo‘lsa, hali yetarli mexanik xossalarga ega bo‘ladi, lekin 5 % dan ortsa u juda mo‘rtlashib boradi. Po‘lat markirovkada «E» harfi va undan keyin keluvchi raqamlar bilan belgilanadi. Birinchi raqam — po‘lat tarkibidagi legirlangan kremniyning o‘rta darajasini foizlarda ifodalaydi (1—kuchsiz legirlangan; 2—o‘rta legirlangan, 3—katta legirlangan, 4—yuqori legirlangan). Ikkinchi raqam (1—8) ma’lum sharoitlarda ishlashga mo‘ljallangan po‘latning kafolatlangan elektromagnit xossalarini bildiradi. Bu belgiga ko‘ra po‘lat uch guruhga bo‘linadi: 1) qayta magnitlanish chastotasi 50 Hz bo‘lgan o‘rta va kuchli magnit maydonlarda ishlashga mo‘ljallangan po‘latlar (1—normal; 2—pasaytirilgan va 3—kichik solishtirma yo‘qotishlar); 2) qayta magnitlanish chastotasi 400 Hz bo‘lgan o‘rta may- donlarda ishlashga mo‘ljallangan po‘latlar (4—normal; 5—ko‘ta- rilgan; 6—kichik solishtirma yo‘qotishlar); 3) kichik va o‘rta maydonda ishlashga mo‘ljallangan po‘latlar (kuchsiz maydonlarda 5—normal va 6—ko‘tarilgan magnit singdi- ruvchanlikka ega); o‘rta maydonda ishlatish uchun, raqamlar: 7—normal va 8—ko‘tarilgan magnit singdiruvchanlikka ega. Ikkinchi raqamdan so‘ng nol (teksturlangan po‘lat) yoki ikkita nol (kam teksturlangan po‘lat) turishi mumkin. Kristallografik ma’noda urug‘lari ko‘pchilikka erishgan po‘lat teksturlangan deyiladi. Masalan, E310 markali po‘lat — listli elektrotexnik po‘lat bo‘lib, tarkibidagi o‘rtacha kremniy nisbati 3%, qayta magnitla- nish chastotasi 50 Hz bo‘lganda o‘rta va kuchli magnit maydon- larda ishlashga mo‘ljallangan, teksturlangan. Permolloylar, odatda, molibden, xrom va boshqa elementlar bilan legirlangan temirning nikel yoki nikel va kobalt bilan qotish- masidir. Permolloylarning asosiy afzalligi — kuchsiz maydonlardagi yuqori magnit singdiruvchanlik va kichik koersitiv kuch qiymat- 94 lariga ega ekanligi. Permolloylarning kamchiligi bo‘lib magnit xossalarning mexanik kuchlanishlarga kuchli ravishda sezgirligi, elektrotexnik po‘latga nisbatan kichik to‘yinish induksiya qiymati va nisbatan yuqori narxi hisoblanadi. Permolloylar o‘lchash asboblarining magnit elementlarida, chastotasi bir necha kilogersgacha, mikron yoyishda esa undan ham yuqori bo‘lgan kuchsiz o‘zgarmas va o‘zgaruvchi maydon- larda ishlovchi radiotexnik qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling