Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Permolloy tavsiflari. Temir-nikel qotishmalarining nisbiy
miqdorida nikelning o‘zgarishi natijasida asosiy magnit xossalari va
solishtirma qarshilikning o‘zgarishi 5.5-rasmda keltirilgan. Tarki-
bida 78,5% Ni bo‘lgan qotishma eng maksimal magnit singdi-
ruvchanlik 
max
qiymatiga ega. Yana tarkibida 40—50 % Ni bo‘lgan
qotishmada nisbatan kichik 
max
qiymati kuzatiladi. Bunday per-
molloylar tarkibida 70—80 % Ni bo‘lgan yuqori nikellangan permolloy-
lardan farqli ravishda past nikellangan permolloylar deb ataladi.
Yuqori nikellangan permolloylarning magnit singdiruvchan-
ligi past nikellangan permolloyning bu kattaligidan bir necha
marta va elektrotexnik po‘latga nisbatan bir necha o‘n marta katta
bo‘ladi. Yuqori nikellangan permolloyning to‘yinish induksiyasi
elektrotexnik po‘latga nisbatan 2 baravar va past nikellangan
permolloyga nisbatan 1,5 baravar kam bo‘ladi.
Demak, yuqori nikellangan permolloylarni katta quvvatli kuch
transformatorlarining o‘zagi va boshqa kuchli magnit maydon
hosil qilish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan qurilmalar sifatida
qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Yuqori nikellangan permolloyning solishtirma elektr qarshi-
ligi past nikellangan permolloynikidan 2 marta kichik. Demak,
o‘zgaruvchi magnit maydonda, ayniqsa, yuqori chastotalarda, past
nikellangan permolloylar qo‘llash afzal.


95
5.5- rasm. Temir-nikel qotishmalarining nisbiy miqdorida nikelning
o‘zgarishi natijasida asosiy magnit xossalari va solishtirma
qarshilikning o‘zgarishi.
B
maks
T
2,5
2
1,5
1
0,5
0
10000
M
maks
5000
0
Hc, A/m
1280
950
640
320
0
, mk ·m
1
0,8
0,6
0,4
0,2
0
20
40
60
80
100
%, Ni


96
Permolloylarning magnit xossalari tashqi mexanik kuchla-
nishlarga juda ta’sirchan, qotishmadagi begona aralashma borligi va
uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq hamda materialni termoishlov
berish (temperatura, qizish va sovish tezligi va b.) rejimiga bog‘liq
ravishda keskin o‘zgaradi.
Temir-nikel markalari to‘rt guruhga bo‘lingan to‘qqiz turdan
iborat:
1) 45N, 50N tarkibida 45 va 50% Ni bo‘lgan legirlanmagan
past nikelli permolloylar. Bu qotishmalar 
max
= 25000 va

max
= 35000 ga teng bo‘lib, qayta magnitlanishsiz ishlaydigan
kichik o‘lchamli kuch transformator o‘zagi, drossel, relelarda
qo‘llaniladi.
2) 50NP, 65NP, 34NKMP — to‘g‘ri to‘rtburchak gisterezis
sirtmog‘iga ega qotishmalar. Ularning xossalari va qo‘llanish
sohalari 5.3 bo‘limda keltirilgan.
3) 50NXS — tarkibida 50 % Ni bo‘lgan xrom va kremniy
bilan legirlangan past nikellangan permolloy. Ular qayta mag-
nitlanishsiz yoki uncha katta bo‘lmagan magnitlanish bilan ishlay-
digan impulsli transformator o‘zaklari, tovush va yuqori chastota
aloqa qurilmalarida foydalanishga tavsiya etiladi.
4) 79NM, 80NXS, 76NXD — yuqori nikellangan per-
molloy (79%Ni; 80%Ni; 76% Ni), mos ravishda molibden bilan
(3,8—4,1 %), xrom va kremniy, xrom va mis (4,8—5,2 %) bilan
legirlangan. Kuchsiz maydonlarda yuqori singdiruvchanlikka ega
— 
max 
= 15000. Bu guruh qotishmalari kichik o‘lchamli trans-
formator o‘zagi, rele va magnit ekranlar; 0,02 mm qalinlikda —
impuls transformatorlari, magnit kuchaytirgichlar va kontaktsiz
relelar ishlab chiqarishda tavsiya etiladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling