Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Radiochastota magnit yumshoq materiallari
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3. Magnit qattiq materiallar
Radiochastota magnit yumshoq materiallari. Yuqori chas-
totalarda (10 Megagersgacha) hatto kuchsiz maydonlarda ham to‘yinishgacha magnitlanishga qodir (yuqori magnit sing- 97 diruvchanlik) va qayta magnitlanganda kichik yo‘qotishlarga (kichik elektr o‘tkazuvchanlik) ega magnit yumshoq materiallar qo‘llaniladi. Bu talablarga ferritlar va magnitodielektriklar javob beradi. 5.3. Magnit qattiq materiallar Magnit qattiq materiallar olinish turiga qarab quyidagicha sinflanadi: 1) mis, titan, niobiy va ba’zi boshqa elementlar bilan legir- langan, Fe-Ni-Fl va Fe-Ni-Fl-Co asosidagi quyma qotishmalar; 2) kukunlarni keyinchalik termoishlov berish yo‘li bilan press- lash orqali olinadigan kukun holidagi magnit qattiq materiallar (o‘zgarmas magnitlar); 3) boshqa magnit qattiq materiallar, ularga martensit po‘lat, noyob tuproq metallar asosidagi qotishmalar, magnit lentalar uchun materiallar va boshqalar kiradi. Magnit qattiq materiallar: 1) o‘zgarmas magnitlar yasash uchun; 2) axborot yozish uchun (masalan, tovush yozishda) qo‘llaniladi. O‘zgarmas magnitlar uchun material xarakteristikalari bo‘lib koersitiv kuch, qoldiq induksiya va tashqi muhitga uzatiladigan maksimal energiya hisoblanadi. O‘zgarmas magnitlar uchun materialning magnit singdiruvchanligi magnit yumshoq material- larnikiga nisbatan kichik. Koersitiv kuch qancha katta bo‘lsa, magnit singdiruvchanlik shuncha kichik bo‘ladi. Yopiq holdagi magnit (toroid ko‘rinishdagi) tashqi muhitga energiya uzatmaydi. Magnit energiya uzatish uchun qutblar oralig‘ida bo‘shliq (ishchi muhit) mavjud bo‘lishi, ya’ni uzilgan magnit zanjir kerak. 5.6-rasmda magnitsizlantiruvchi egri chiziq 98 (Br-He soha), hamda We energiyaning Be induksiyaga bog‘liqligi (Br-O egri chiziq) keltirilgan. Havo bo‘shlig‘idagi energiya bo‘sh- liq uzunligiga bog‘liq. Oraliqdagi induksiya magnit Be qutblarning magnitsizlantiruvchi harakati tufayli qoldiq induksiya Br dan ki- chik bo‘ladi. Havo bo‘shliq oralig‘idagi hajm birligidagi energiya quyidagiga teng: , 2 BeHe We bu yerda, He induksiya Be ga mos keluvchi maydon kuch- langanligi. Berk magnitda Be = Br bo‘lib, Be = 0 bo‘lganligi uchun energiya nolga teng. Qutblar oralig‘idagi bo‘shliq juda katta bo‘lsa ham, energiya nolga teng bo‘ladi. V L va H L larning ba’zi qiymat- larida energiya maksimumga yetishi mumkin. Bu holat 5.6- rasmdan ko‘rinadi. maks L W W maks BH BeHe 2 2 5.6-rasm. Magnitsizlantiruvchi egri chiziq (Br-He soha) hamda We energiyaning Be induksiyaga bog‘liqligi (Br-O egri chiziq). B Br Be B L 0 He H L H C H W L =B L H I /2 99 Bu qiymat magnitning eng yaxshi ishlatilishini belgilaydi va o‘zgarmas magnit materiallar sifatiga baho berishda asosiy xarak- teristika hisoblanadi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling