Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Past uglerodli elektrotexnik listli po‘lat


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Past uglerodli elektrotexnik listli po‘lat — texnik sof temir-
ning bir turi bo‘lib, 0,2 dan 4 mm gacha qalinlikdagi listlar
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Uning tarkibida 0,04 % dan kam
uglerod va 0,6% dan kam boshqa kiritmalar bo‘ladi. Turli markalar
uchun magnit singdiruvchanlik qiymati 3500—4500 dan kam
emas, koersitiv kuchi — 100—65 A/m dan ortiq emas.
Elektrolit temir oltingugurt kislotasi yoki xlor-temir eritmasi-
ning elektrolizi orqali olinadi. Bunda sof temir — anod, yumshoq


92
po‘lat plastina — katod bo‘lib xizmat qiladi. Katodda cho‘kkan
temir (har bir qatlam qalinligi 4—6 mm) yaxshilab yuvilgach,
ajratib olinadi va shar tegirmonlarda kukun holiga kelguncha
maydalanadi. So‘ngra vakuumda toblanadi yoki qayta eritiladi. Shu
yo‘l bilan kiritmalar miqdori kam bo‘lgan (0,05 % dan kam)
maxsus sof temir olinadi. Bunday temir quyidagi magnit
xossalarga ega bo‘ladi: N
S
= 30 A/m; 
max
= 15000. Elektrolit temir
qimmatligi tufayli juda kam hollarda qo‘llaniladi.
Karbonil temir ham maxsus sof temir hisoblanib, pento-
karbonil temirni termik yoyish usuli bilan olinadi:


5
(
)
5
.
Fe CO
Fe
CO
Pentokarbonil temir 200°C temperatura va 15 MPa bosimda
temirga uglerod oksidi ta’sir ettirish natijasida olinadi. Karbonil
temir presslangan yuqori sifatli magnit o‘zak ko‘rinishiga ega.
Karbonil temirning magnit xossalari quyidagicha: N
S
= 6,4 A/m;

max
= 21000.
Ba’zi hollarda sanoatda texnik sof temir o‘rniga uglerodli va
tarkibida 0,1—0,4 % legirlangan po‘lat bo‘lgan temir qo‘llaniladi.
Bunday po‘latning magnit xossalari temirnikiga nisbatan pastroq,
lekin bu ko‘rsatkichlarni tayyorlangan detallarni yoyish yo‘li
bilan yaxshilash mumkin.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling