Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Alsifer asosidagi magnit dielektriklar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Alsifer asosidagi magnit dielektriklar. Alsifer — aluminiy, krem-
niy va temir qorishmasidir. Magnit dielektriklar uchun tarkibi 9—11 %
Si va 6—8 % Al bo‘lgan qotishmalar qo‘llaniladi. Alsifer arzon
material hisoblanadi.
Magnit dielektriklar urug‘lari bir-biridan organik (bakeley,
polistirol, shellak) yoki noorganik birikma (suyuq shisha, shisha
emal)lar bilan izolatsiyalangan kukun holidagi ferromagnetikni
presslash yo‘li bilan olinadi. Po‘latdan yasalgan press shaklidagi
o‘zaklar presslanishi yuqori bosimlarda bajariladi.
Alsiferdan tayyorlangan halqalarning asosiy parametrlari
5.5-jadvalda keltirilgan. Uning belgilanishidagi harflar quyida-
gilarni bildiradi: TCH—tonal chastota; TCHK—kompensa-
tsiyalangan magnit singdiruvchanlik temperatura koeffitsiyentili
tonal chastota; YCH—yuqori chastota; YCHK—kompensatsiya-
langan magnit singdiruvchanlik temperatura koeffitsiyentili
yuqori chastota; G va R—simli aloqa apparaturalari va radioappa-
raturalari uchun halqalarning qo‘llanilishi. Raqamlar 20°C tempera-
turada boshlang‘ich magnit singdiruvchanlik 
H
qiymatini bil-
diradi. Masalan, TCH-90P- simli apparaturada qo‘llash uchun
mo‘ljallangan 
H
= 82—94 li tonal chastota uchun alsiferli halqa.
Karbonil temir asosidagi magnit dielektriklar. R-10, R-20,
R-100 markali karbon temir kukunidan o‘zaklar yasash texno-
logik jarayoni: kukunni izolatsiyalash, detallarni presslash va past
temperaturada ularga mexanik mustahkamlik va barqaror xossalar
berish uchun termik ishlov berishdan iborat. Karbon temirdan
yasalgan o‘zaklar yuqori barqarorlik, kichik yo‘qotishlar, musbat
qiymatga ega magnit singdiruvchanlik 

teskari temperatura
koeffitsiyentiga ega. U esa quyidagi ifodadan aniqlanadi:


105


1
2
2
1
1
2
t
t
t
t
t








.
Karbon temirdan yasalgan o‘zaklarning asosiy parametrlari
ham 5.5-jadvalda keltirilgan.
5.5-jadval

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling