Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Nometall kontakt materiallar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Qurum
6.2. Nometall kontakt materiallar
Qattiq nometall kontakt materiallar ichida uglerod asosidagi
materiallar katta ahamiyatga ega. Ularni elektr-ko‘mir mahsu-
lotlar deb atashadi. Ko‘mirdan aylanma harakat qiladigan elektr


107
mashinalarda sirpanuvchi kontakt bo‘lib xizmat qiladigan cho‘t-
kalar yasaladi.
Sirpanuvchi kontaktlar tokni kollektorga ulaydi (yoki uzadi).
Bundan tashqari, elektr-ko‘mir mahsulotlar projektor va yoyli
elektr zanjirlari elektrodlari, galvanik elementlarning anodlari
sifatida ham qo‘llaniladi. Ko‘mir kukunlari mikrofonlarda tovush
bosimiga mos ravishda o‘zgaruvchi qarshilik hosil qilishda ishlatiladi.
Ko‘mirdan telefon tarmoqlari uchun yuqori omli rezistorlar va
razryadniklar yasashadi.
Ko‘mirdan yasalgan mahsulotlar solishtirma qarshilikning
manfiy temperatura koeffitsiyenti TK

ga ega.
Cho‘tkalar turli o‘lchamlarda ishlab chiqariladi (kollektorda
qo‘llaniladigan cho‘tkalarning kontakt sirti 4

4 dan 35

35 mm
gacha, balandligi 12—70 mm bo‘lishi mumkin).
Ko‘mir mahsulotlarni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida
qurum, grafit yoki antratsit qo‘llanilishi mumkin. 
Qurum ko‘pgina
organik birikmalarning to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi.
Grafit — erkin ugleroddan olinadigan sodda modda. Antratsit —
tarkibida 96 % dan ortiq uglerod bo‘lgan to‘sinning chirish mah-
sulotidir.
Elektr-ko‘mir mahsulotlarini olish uchun maydalangan massa
toshko‘mir, smola yoki suyuq shisha (Na
2
SiO
3
suvli eritma) bilan
aralashtiriladi va mos keladigan press-shakllarda kuydiriladi. Yuqori
kuydirish temperaturalarida (2200° gacha) uglerod sun’iy ravishda
grafit shakliga o‘tkaziladi. Bu jarayon grafitlash deb ataladi.
Cho‘tkalar ko‘mir-grafitli (T va TG); grafitli (G); elektr-gra-
fitli, ya’ni grafitlangan (EG); mis-grafitli (tarkibida mis bo‘lgan)
turlarga bo‘linadi.
Cho‘tkalarning turli markalari solishtirma qarshilik, tok zich-
ligi, ishqalanish koeffitsiyenti, cho‘tkaning qattiqligi, kollektor-
dagi chiziqli tezlik kabi kattaliklari bilan farqlanadi.


108

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling