Elektrostatik maydon kuchlanganligining ishi. Potensial va potensiallar farqi. Dielektriklar


Download 143 Kb.
bet7/10
Sana08.01.2022
Hajmi143 Kb.
#236569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Elektrostatik maydon kuchlanganligining

Qutblanish. Dielektriklar tashqi elektr maydoniga kiritilsa ,ularda noldan farqli elektr momenti vujudga keladi.Boshqacha aytganda dielektriklar qutblanadi Qutblanish deb tashqi elektr maydoni tasirida dielektrikdagi dipollarning maydon bo`ylab joylashib qolishiga yoki maydon bo`ylab joylashgan dipollarning vujudga kelishiga aytiladi. Dielektriklarning uch turiga mos ravishda qutblanish ham uch turga ajratiladi. Qutblanmagan molekula elektr maydoniga kiritilsa, maydon tasirida elektron orbitalarining deformatsiyalanishi ro`y erib atomlarda dipol momentlari vujudga keladi

1. Elektron qutblanishlar. Qutblanmagan molekula (1a,b-rasm) elektr maydoniga kiritilsa, maydon tasirida elektron orbitalarining deformatsiyalanishi ro`y berib atomlarda dipol momentlari vujudga keladi



2.Dipol (yo`nalish bo`yicha joylashib) qutblanish. Betartib harakatda bo`lgan

qutblangan molekulalarning dipollari tashqi maydon bo`ylab batartib joylashib qoladi.(2 a,b rasm)

3.Ionli qutblanish. Tashqi maydon tasirida kristall panjaradagi musbat ionlarning maydon bo`ylab, manfiy ionlarning esa qarama –qarshi tomonga siljishi ro`y beradi.

Qutblanganlik. Dielektrik tashqi maydonga kiritilganda qutblanadi, yani noldan farqli dipol momentiga ega bo`lib qoladi.Dielektrikning dipol momenti qo`yidagicha aniqlanadi.





bu yerda bitta molekulaning dipol momenti, n- dielektrikdagi molekulalar soni

Dielektrikning dipol momenti undagi molekulalar dipol momentlarining geometrik yig`indisiga teng bo`lar ekan. Dielektrikning ko`p yoki kam qutblanganligini baholash uchun qutblanganlik deyiluvchi vektor kattalikdan foydalaniladi.Qutblanganlik deb dielektrikning birlik hajmiga to`g`ri keluvchi dipol momenti bilan aniqlanadigan kattalikka aytiladi.



bu yerda V- dielektrikning hajmi.



Izotrop dielektriklar uchun qutblanganlik qo`yilgan maydon kuchlanganligiga proportsional



bu yerda dieletrik qabul qiluvchanlik deyilib, moddaning tuzilishi va haroratiga bog’liq. U birliksiz kattalik bo`lib qiymati doimo noldan katta X>0.


Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling