Elektrostatik maydon kuchlanganligining ishi. Potensial va potensiallar farqi. Dielektriklar


Kuchlanganlik va potentsiallar farqi orasidagi bog’lanish


Download 143 Kb.
bet6/10
Sana08.01.2022
Hajmi143 Kb.
#236569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Elektrostatik maydon kuchlanganligining

Kuchlanganlik va potentsiallar farqi orasidagi bog’lanish. Biz elektrostatik maydon ikki xil: kuch (kuchlanganlik ) va energetik (potentsial ) xarakteristikalarini ko`rdik.Shunday qilib maydonning istalgan biror nuqtasi ham kuchlanganlik, ham potentsial bilan xarakterlanar ekan.Demak bu kattaliklar orasidagi ma’lum bog’lanish bo`lishi kerak. Buning uchun zaryadni X o`qi bo`ylab masofaga ko`chirishda maydon kuchlari (Ex) bajargan ishni hisoblaylik

A=Q

Ikkinchi tomondan bu ishni potentsial orqali ifodalasak



A=Q(

Maydonning biror nuqtasining kuchlanganligi shu nuqtada potentsial o`zgarish tezligining manfiy ishora bilan olinganiga teng. qo`yidagi ifoda bilan aniqlanadi.



E=

Ekvipotentsial sirtlar. Elektr maydonini grafik ravishda nafaqat kuchlanganlik chiziqlari, balki tengpotentsialli sirtlar orqali ham ifodalash mumkin. Ekvipotentsial yoki tengpotentsialli sirtlar deb bir xil potentsialli nuqtalar to`plamiga aytiladi.Bu sirtlar chizmada tengpotentsialli chiziqlar sifatida tasvirlanadi. Bu zaryad atrofida cheksiz ko`p bunday chiziqlarni o`tkazish mumkin. Bu chiziqlarni oralaridagi potentsiallar farqi bir xil qilib chizish maqsadga muvofiq.

  3. Dielektriklar deb erkin elektronlari mavjud bo`lmagan moddalarga aytilsada, ular hamma moddalar kabi atomlar va molekulalardan tashkil topgan.Agar molekulalar yadrolaridagi musbat zaryadlarni musbat zaryadlar”og`irlik” markazida yotgan zaryadlar yig`indisi +Q, barcha elektronlarning zaryadini esa,manfiy zaryadlarning «og`irlik» markazida bo`lgan manfiy zaryadlar yig`indisi –Q bilan almashtirsak unda molekulani elektr momentiga ega bo`lgan elektr dipol sifatida qarash mumkin 

Tuzilishiga qarab dielektriklar uch guruhga bo`linadi.Birinchi guruh dielektriklarga molekulalari simmetrik tuzilishga ega, yani tashqi maydon bo`lmaganda musbat va manfiy zaryadlarning og`irlik markazlari mos keladigan dielektriklar qutbli dielektriklar deyiladi. Tabiyki bunday dielektrik molekulalarining dipol momentlari nolga teng bo`ladi va ularga qutblanmagan molekulalar deyiladi. Qutblanmagan molekulali dielektriklarga benzol, parafin, polietilen, vodorod, kislorod, azot va boshqalar kiradi.

Ikkinchi guruh dielektriklarga molekulalari assimmetrik tuzilishga ega,yani musbat va manfiy zaryadlarning og`irlik markazlari mos kelmaydigan dielektriklar qutbsiz dielektriklar deyiladi. Bunday dielektriklarning molekulalari tashqi maydon bo`lmaganda ham dipol momentiga ega bo`ladi va molekulalariga qutblangan deyiladi.Tashqi maydon bo`lmaganda qutblangan molekulalarning dipol momentlari issiqlik harakati natijasida betartib yo`nalgan bo`lib, ularning natijaviy momenti nolga teng bo`ladi.Ikkinchi guruh dielektriklarga fenol, nitrobenzol, suv, ammiak, isgazi va hokazolar kiradi.

Uchinchi guruh dielektriklarga molekulalari ion tuzilishiga ega moddalar kiradi. Bunday moddalarning tuzilishi turli ishorali ionlar batartib takrorlanadigan fazoviy panjaradan iborat.Shuning uchun ham ularda molekulalari alohida ajratish imkoni bo`lmay, bir-biri tomon siljigan ion panjaralarning sistemasini qarash mumkin.Bunday dielektriklarga osh tuzi, kaliy xlorid, tseziy xlorid va boshqalar kiradi.  




Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling