Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari


Potensiallar ayirmasi (kuchlanish)


Download 1.42 Mb.
bet7/10
Sana28.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1237731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muxtorova Zarina 17.12.2021

Potensiallar ayirmasi (kuchlanish)
Ishni hisoblashda formuladan foydalanamiz.(rasmga qarang).Amalda biz potensialning absolyut qiymati bilan emas, ish va energiyani hisoblashda potensial ayirmasi kuchlanish nomi bilan
ni qo’llaymiz.Zanjirning biror qismi bo’ylab birlik musbat zaryadni ko’chirishda bajarilgan ishga teng bo’lgan kattalikka kuchlanish deyiladi.
Yuqoridagi ish formulasidan foydalanib kuchlanishni formulasini keltirib chiqaramiz:
(3.18)
Nuqtaviy zaryadning potensial farq ya’ni kuchlanish ifodasi quyidagicha:
(3.19)
Elektrostatik maydon kuchlanganligi va potensiallari farqi orasidagi bog‘lanish.
Biz elektrostatik maydonning ikki xil: kuch (kuchlanganlik E ) va energetik (potensial φ) xarakteristikalarini ko‘rdik. Shunday qilib,maydonning istalgan biror nuqtasi ham kuchlanganlik, ham potensial bilan xarakterlanar ekan.Demak, bu kattaliklar orasida ma’lum bog’lanish bolishi kerak. Buning uchun zaryadni x o’qi bo'ylab ∆x masofaga ko‘chirishda maydon kuchlari (Ex)bajargan ishni hisoblaylik.
(3.20)
Ikkinchi tomondan, bu ish ni potensial orqali ifodalasak:
(3.21)
ga ega bolamiz. Ularni tenglashtirib, potensial farq va maydon kuchlanganligining bog’liqligini keltirib chiqaramiz.
yoki (3.22)
Xuddi shuningdek, zaryadni у va z o'qlari bo'ylab ko’chirib,
(3.23)
Shunday qilib, har bir nuqtadagi maydon kuchlanganligi ma’lum bo’lsa,istalgan nuqtalar orasidagi potensiallar farqini hisoblash mumkin.Yuqoridagi ifodalardan ko'rinib turibdiki, maydonning biror nuqtasining kuchlanganligi shu nuqtada potensial o'zgarish tezligining manfiy ishora bilan olinganiga teng. Manfiy ishora kuchlanganlik vektori Ё potensialning kamayish tomoniga yo’nalganligini ko'rsatadi. Bir jinsli maydon holida (masalan yassi kondensatorlar maydoni) kuchlanganlik quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(3.24)
bu yerda d— kondensator qoplamlari orasidagi masofa,  potensiallar farqi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling