Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari
Kuchlanganlik chiziqlari va ularni o’tkazish shartlari
Download 1.42 Mb.
|
Muxtorova Zarina 17.12.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Superpozitsiya prinsipi
Kuchlanganlik chiziqlari va ularni o’tkazish shartlari:
Fazoda elektr maydon kuch chziqlarini o’tkazish shartlari: -kuch chizig’ining ixtiyoriy nuqtasiga o’tkazilgan urinma elektr maydonning shu nuqtasidagi kuchlanganlik vektori bilan mos tushishi kerak. -kuch chiziqlarining zichligi shu sohadagi elektr maydon kuchlanganligining shu sohadagi qiymatiga proporsional bo’lishi kerak. Har bir nuqtasiga o’tkazilgan urinmalarning yo’nalishi, kuchlanganlik vektorining yo’nalishiga mos keluvchi uzliksiz chiziqlar, kuchlanganlik chiziqlari deb ataladi. Kuchlanganlik chiziqlari hech qayerda kesishmaydi. Elektr maydoni kuchlanganlik chiziqlari yopiq bo’lmasdan, ular musbat zaryaddan boshlanib,manfiy zaryadda tugaydi. Kuchlanganlik chiziqlari faqat zaryad joylashgan nuqtadagina tutashadi. (10-rasm) (11-rasm) (12-rasm) (13-rasm) Superpozitsiya prinsipi Biror uzoqlikda joylashgan +q1 va q2 zaryadlarga nisbatan ixtiyoriy 0 nuqtaga + q zaryadni keltiramiz , uning birlik miqdoriga to’g’ri kelgan kuch- vektorlar, ya’ni kuchlanganlik vektorlari va ikkita o’z radial yo’nalishida mavjud bo’lib ularning geometrik yig’indisi to’liq maydonning kuchlanganlik vektori ni beradi, ya’ni: (2.10) Elektr maydon kuchlanganliklari yo’nalishlari qarama- qarshi bo’lsa natijaviy maydon kuchlanganligi quyidagicha bo’ladi: (2.11) Maydon kuchlanganlik vektorlarining yo’nalishlari perpendikulyar bo’lsa, natijaviy maydon kuchlanganligi : (2.12) (14-rasm) + q zaryadni +q1 zaryad o’zidan itaradi.(a rasm). – q2 zaryad esa o’ziga tortadi.(b rasm). Bu ikki vektor kuchlanganlar bir vaqtda ta’sir etib , + q ikkala ta’sirning natijalovchi ta’sir ostida bo’ladi. Ana shu umumiy yig’indi ta’sirning son qiymati E , ularb orasidagi burchak deb olinsa yuqoridagi formuladan topilib , vektorning yo’nalishi va lar ustiga chizilgan parallelogrammning diagonali bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. (2.13) (15- rasm) Agar zaryadlar joylashgan nuqtalar ko’p bo’lib , ularning ixtiyoriybiror nuqtadagi kuchlanganliklari , , , …. bo’lsa, yig’indi vektor kuchlanganlik: (2.14) Natijaviy kuchlanganlik vektorining tashkil etuvchi kuchlanganlik vektorlarining geometrik yig’indisiga teng bo’lishi superpozitsiya prinsipi deyiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling