Elektrostatika. Kulon qonuni


Download 329.5 Kb.
bet2/19
Sana09.01.2022
Hajmi329.5 Kb.
#260744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Elektr va magnetizm

Elektrodinamika elektr zaryadli alohida jismlar yoki zarralarni bir — biriga ta`sir ettiradigan va materiyaning maxsus turi bo`lgan elektromagnetik maydon xarakterining xossa va qonuniyatlari to`g`risidagi fandir. Elektrodinamikaning tinch holatidagi elektr zaryadlarini o`rganuvchi bo`limi elektrostatika deb ataladi.

Elektrostatikada ikki tur elektr zaryadlar — musbat va manfiy zaryadlar ko`riladi. Bir xil ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlaridan itariladilar, turli ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlariga tortiladilar.



Jismlarning elektrlangan yoki elektrlanmaganligini aniqlovchi asbobga elektroskop deyiladi.

Elektron eng kichik zaryadga ega bo`lgan zarracha bo`lib, elektron zaryadining qiymatini birinchi bo`lib amerikalik olim D.Milliken aniqlagan. Elektronning zaryadi manfiy bo`lib, uning qiymati qe1,6∙10-19Kl , massasi esa me9,11O-31kg ga teng.

Elektronlar qaerdan hosil bo`ladi? Bu savolga javob berish uchun atomning tuzilishini ko`rib chiqaylik. Atomning markazida proton va neytronlardan iborat yadro, atrofida elektronlar harakatlanadi. Butun atom zaryadsiz, chunki yadroning musbat zaryadi hamma elektronlarning manfiy zaryadlari yig`indisiga teng va u elektr jihatdan neytral. Agar neytral jism biror boshqa jismdan elektronlar olsa, manfiy zaryadga ega bo`ladi. Elektronlari yetishmaydigan jism musbat zaryadlangan bo`ladi. SHunday qilib, jism elektronlarini yo`qotgan va ortiqcha elektron olgan taqdirdagina elektrlanadi. Elektr zaryadi yo`qolishi va yana paydo bo`lib turishi mumkin. Lekin doimo ikki qarama-qarshi ishorali ikki elementar zaryad bir vaqtda paydo bo`ladi va yo`qoladi. YOpiq sistemada barcha zarrachalar zaryadlarining algebraik yig`indisi o`zgarmay qolaveradi:
. (1)

Download 329.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling