Elektrostatika. Reja
ELEKTR MAYDONIDA O`TKAZGICHLAR
Download 134.54 Kb.
|
Elektrostatika. Reja (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. ELEKTR SIG`IM
7. ELEKTR MAYDONIDA O`TKAZGICHLAR
Tajriba shuni ko`rsatadiki, tabiatdagi hamma jismlar elektr o`tkazuvchanligiga qarab uch sinfga bo`linadi: elektr tokini yaxshi o`tkazuvchi jismlar – o`tkazgichlar; elektr tokini o`tkazmaydigan jismlar – izolyatorlar yoki dielektriklar; elektr tokini sust, lekin tashqi fizik ta`sir ostida sezilarli darajada o`tkazuvchi jismlar – yarim o`tkazgichlar . O`tkazgichdagi zaryad tashuvchilar juda kichik kuch ta`siri ostida harakat qila oladi. SHuning uchun zaryadlarning muvozanati quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina kuzatiladi: 1. O`tkazgich ichidagi barcha nuqtalarda maydon kuchlanganligi nolga teng bo`lishi zarur, ya`ni ye 0; 2. Maydon kuchlanganligining o`tkazgich sirti har bir nuqtasidagi yo`nalishi sirtga o`tkazilgan normalga mos bo`lishi kerak, ya`ni ye En. Demak, zaryadlar muvozanatda bo`lganda o`tkazgich sirti ekvipotensial bo`ladi. Muvozanatdagi o`tkazgich ichidagi hech qanday nuqtada ortiqcha zaryadlar bo`lishi mumkin emas, barcha zaryadlar o`tkazgichning sirti bo`ylab ma`lum zichlik bilan joylashadi. 8. ELEKTR SIG`IM Agar o`tkazgichga biror q zaryad berilsa, u o`tkazgich sirti bo`yicha shunday taqsimlanadiki, o`tkazgichdagi maydonning kuchlanganligi nolga teng bo`ladi. Agar q zaryadga ega bo`lgan o`tkazgichga kattaligi xuddi shunday zaryad berilsa, zaryad ham oldingi zaryad kabi taqsimlanishi kerak, aks holda u o`tkazgichda nolga teng bo`lmagan maydon paydo bo`ladi. O`tkazgichdagi zaryadning ko`payishi atrofdagi jismlar zaryadlarining qayta taqsimlanishiga olib kelmagan holdagina yuqorida aytib utiladigan shart bajarilishini eslatib utish zarurdir. SHunday qilib, boshqa jismlardan o`zok masofada joylashgan o`tkazgichda kattaliklari har xil bo`lgan zaryadlar yuqoridagiga o`xshash taqsimlanadi, ya`ni jismning istalgan ikkita nuqtasi ularni olingan zaryad zichliklarining nisbati zaryadlarning kattaligi qanday bo`lishiga qaramay doimiy bo`ladi. Potensial va zaryad o`rtasidagi proporsionallik koeffitsenti o`tkazgichning elektr sig`imi deyiladi. Ushbu kattalik C bilan belgilanadi. Sig`im son jihatidan shunday zaryadga tengki, bu zaryad o`tkazgichga berilsa, uning potensiali bir birlikka ortadi. Agar ikki o`tkazgichga 1 Kl va -1 Kl zaryad berilganda, ular orasida 1 V potensiallar ayirmasi hosil bo`lsa, bu ikki o`tkazgichning elektr sig`imi bir birlikka teng bo`ladi. Bu birlik (F) Farada deyiladi va u 1F 1Kl/1V bo`ladi. Download 134.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling