Elektrostatika. Reja
Download 134.54 Kb.
|
Elektrostatika. Reja (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19. LORENS KUCHI
- Lorens formulasi
18. AMPER QONUNI
Magnit maydon faqatgina magnit bilan o`zaro ta`sirlashibgina qolmay, tokli o`tkazgichga ham ta`sir ko`rrsatadi. Masalan, tokli o`tkazgichni doimiy magnit maydonga kiritsak, bu o`tkazgichga (18.1) kuch ta`sir etadi, bunda I- o`tkazgichdagi tok kuchi, V – doimiy magnit induksiyasi, - tok yo`nalishi bilan magnit induksiyasi vektori yo`nalishi orasidagi burchak. (18.1) ifoda o`tkazgich to`g`ri chiziqli va magnit maydon bir jinsli bo`lsagina to`g`ridir. Umumiy holda, ixtiyoriy formaga ega bo`lgan o`tkazgich va bir jinsli bo`lmagan magnit maydon uchun (18.2) ifodani yoza olamiz, bu formula Amper Qonunini ifodalaydi. Amper tomonidan aniqlangan qonunga asosan magnit maydonida tok elementiga ta`sir etuvchi kuchning yo`nalishini topish uchun chap qo`l qoidasidan foydalaniladi. Bu qoidaga asosan, chap qo`lning kaftiga V vektor kiradigan qilib qo`ysak va uzatilgan 4 ta barmoqni tok yo`nalishi bo`yicha joylashtirsak, u holda ochilgan bosh barmoq kuchning yo`nalishini ko`rsatadi. ( Albatta, shu uchala yo`nalish bir-biriga tik bo`lishi kerak). Agar tok bilan magnit induksich vektori bir-biriga perpendikulyar bo`lsa, (18.1) ifodadan XBS da: (Tl). (18.3) 19. LORENS KUCHI Tok o`tayotgan o`tkazgich toksiz o`tkazgichdan shu bilan farqlanadiki, unda zaryad tashuvchilarning tartibli harakati sodir bo`ladi. Harakatlanayotgan zaryadli zarraga magnit maydoni tomonidan ta`sir etadigan kuch Lorens kuchi deyiladi. Lorens kuchi: (19.1) ifoda bilan aniqlanadi. Bu formulada v- zaryadning magnit maydonidagi chiziqli tezligi, - zaryad tezligi va magnit induksiya vektorlari orasidagi burchak. Harakatlanuvchi zaryad bilan magnit maydon orrasidagi o`zaro ta`sir G.Lorens formulasi deyiladi. Bu formulani vektor ko`rinishda quyidagicha yozishimiz mumkin: (19.2) Zaryadga ta`sir etuvchi magnit maydonning ta`sir kuchini o`ng parma qoidasiga asosan aniqlanadi. Agar parmaning dastasini dan ga qarab burasak, parmaning ilgarilanma harakat yo`nalishi, zaryadga ta`sir etuvchi kuchni aniqlaydi. Lorens kuchi tezlikka tik yo`nalgan bo`lib, tezlik vektorining yo`nalishini o`zgartiradi va bu kuch ish bajarmaydi. Lorens kuchining bajargan ishi nolga teng, ya`ni zaryadning kinetik energiyasini o`zgartirmaydi. Agar zaryad bir vaqtning o`zida magnit va elektr maydonda harakat qilsa, natijaviy ta`sir etuvchi kuch: (19.3) ko`rinishga ega bo`ladi. Agar magnit maydonda harakatlanuvchi zarrachaning tezligi yo`nalishi ga perpendikulyar bo`lsa, uning traektoriyasi aylanadan iborat, shu sababli Lorens kuchidan zaryadlangan zarachalarni tezlashtiruvchi asboblar (siklotron, fazatron, betatron va h.k.) yasashda keng foydalaniladi. Bundan tashqari Lorens kuchidan ossillograf, televizor va radiolokatsiya asboblarini elektron nur trubkalarini yaratishda keng foydalaniladi. Download 134.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling