12. ELEKTR YURITUVCHI KUCH
Tokning muntazam oqib turishi uchun zanjirning ma`lum sohalariga yoki butun zanjirga ta`sir etuvchi tashqi kuchlar zarur ekan. Ularni ximiyaviy protsesslar, bir jinsli bo`lmagan muhitda yoki har xil turdagi ikki xil modda chegarasida zaryad tashuvchilarining diffuziyasi, o`zgaruvchan magnit maydonlari hosil qiladigan elektr maydonlari va x.k. vujudga keltirish mumkin. Tashqi kuchlarning birlik zaryad ustida bajargan ishiga teng bo`lgan kattalik zanjirdagi yoki uning bir qismidagi elektr yurituvchi kuch (EYUK- ε ) deyiladi.
ε (12.1)
bu yerda Ach Am =q( ) bo`lib, manbaning qutblari ochiq (uzilgan) bo`lsa,
0, ε U. (12.2)
Elektrostatik va tashqi kuchlarning birlik (+) zaryadni ko`chirishda bajargan ishiga teng bo`lgan kattalik zanjirning berilgan qismidagi kuchlanish tushuvi yoki U kuchlanish deyiladi.
13. OM QONUNI. O`TKAZGICHLARNING QARSHILIGI
Bir jinsli metall o`tkazgichdan o`tayotgan tok kuchi o`tkazgichdagi kuchlanish tushuvi U ga proporsional bo`ladi:
I . (13.1)
Bir jinsli o`tkazgich deb tashqi kuch ta`sir etmaydigan o`tkazgichga aytiladi. U o`tkazgichning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga teng bo`ladi. Ifodadagi R o`tkazgichning elektr qarshiligi deyiladi. Qarshililik birligi 1Om bo`lib, u shunday o`tkazgichning qarshiligiki, bunda kuchlanish 1V bo`lganda o`tkazgichdan 1A tok o`tadi. Bir jinsli silindrsimon o`tkazgich uchun qarshilik
, (13.2)
ta teng. Bu yerda: l — o`tkazgichning uzunligi, S — ko`ndalang kesim yuzasi, - o`tkazgich yasalgan materialning tabiatiga bog`liq bo`lgan koeffitsent, bo`lib buni solishtirma elektr qarshilik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |