Elektrotexnik vositalar sifatini nazorat qilish Reja


Avtomatikaning boshqarish sxemalari


Download 63.7 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2024
Hajmi63.7 Kb.
#1834338
1   2   3
Bog'liq
Elektrotexnik vositalar sifatini

Avtomatikaning boshqarish sxemalari


Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bо‗linadi.
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni о‗zaro bog‗lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada tо‗rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yо‗nalishi signalning о‗tishini kо‗rsatadi (1.3 - rasm).


  1. 3.- rasm. Avtomatikaning funksional sxemasi.

TE - topshirish elementi; BK-boshqarish va qabul qilish elementi; IM - ijro mexanizmi; BE-boshqarish elementi; BU - birlamchi о‗zgartirgich.
Strukturaviy sxema avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining о‗zaro bog‗lanishlarini kо‗rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi.
Strukturaviy sxemalar funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi.
Strukturaviy sxemada aniq vosita, rostlagich, element kо‗rsatilmasdan, balki о‗tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli kо‗rsatiladi. Strukturaviy sxemada elementlar tо‗rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida elementning matematik modeli yoziladi (10.4- rasm).


    1. - rasm. Avtomatikaning strukturaviy sxemasi.

Avtomatik rostlash tizimining keyingi tahlili elementlarning dinamik xarakteristikalarini aniqlash va tizimning strukturaviy sxemasini yaratishdan
iborat bо‗ladi. Bu tizimning strukturaviy sxemasi 1.5 - rasmda keltirilgan.


    1. - rasm. Xaydov chuqurligini avtomatik rostlashning strukturaviy sxemasi.

Prinsipial sxemalar elementlarning о‗zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi. Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini tushunishga yordam beradi (1.6.- rasm).

10.6.- rasm. Avtomatikaning prinsipial sxemasi.
Montaj sxemalar moslamalar orasidagi tashqi ulanishlarni yoki moslama ichidagi elementlarni о‗zaro ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemalar montaj ishlarini bajarayotganda ishchi chizmalar sifatida qо‗llanadi1 (10.7.- rasm).

10.7.- rasm. Avtomatikaning montaj sxemasi.

Qo’shimcha adabiyotlar



1.Kodirov A.A. Paxta tozalash va to‗qimachilik sanoati korxonalari jarayonlarini avtomatlashtirish. –Toshkent. TTESI, 2011.
2.Pod red. K.A. Pupkova. Metodi klassicheskoy i sovremennoy teorii avtomaticheskogo upravleniya Uchebnik. Tom 1-5. - M.: MGTU im. Baumana, 2004.
3.Vlasov K.P. Teoriya avtomaticheskogo upravleniy. Ucheb. posobiye.
4. Xarkov. Izd-vo Gumanitarniy sentr, 2007.



1 Dr.KLS Sharma ―Overview of Industial Process Automation‖ , India, 2011.

Download 63.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling