“Elektrotexnika ” fakulteti “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi “Muqobil energiya manbalari” yo‘nalishi 4-bosqich 341-19 gr talabasi Olimov Fazliddinning


Download 1.53 Mb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1058462
  1   2
Bog'liq
Fazliddin Olimov 341 soxa iqtisodiyoti)


Andijon mashinasozlik instituti
“Elektrotexnika ” fakulteti
“Muqobil energiya manbalari”
kafedrasi “Muqobil energiya manbalari”
yo‘nalishi 4-bosqich 341-19 gr talabasi
Olimov Fazliddinning
“Soxa iqtisodiyoti va menejmenti”
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Sanoat korxonalarining depitor qarzdorligini aniqlash
  • Debitorlik qarizlarning iqtisodiy mohiyati va ularni kelib chiqish sabablari.
  • Debitorlik va kreditorlik qarizlarini tartibga solishning huquqiy asoslari.

REJA:
Debitorlik qarzlarining iqtisodiy mohiyati va ularni kelib chiqish sabablari
Korxonalar o‘rtasida bo‘ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari va nazorat tashkilotlari o‘rtasidagi, korxonalarning davlat tashkilotlari (organlari) bilan hisob-kitob to‘lovlarida kechiktirilgan vaqt bo‘yicha farqlanishlar kelib chiqadi. Bunda korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi. Lekin to‘lov muddatining oshib ketishi korxonalar moliyaviy ahvoliga katta ta’sir o‘tkazadi. Shu maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi.
Bir vaqtning o‘zida to‘lash muddati o‘tgan qarzlar muam- mosi yoki noto‘lovlar muammosining mavjud ekanligi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Iqtisodiy nashrlarda bu masalaga bag‘ishlangan risolalar va alohida maqolalar birin-ketin e’lon qilinayotgan bo‘lishiga qaramasdan ularning asosiy sabablari to‘g‘risidagi masala hamon munozarali ahvolda qolmoqda. Bizning fikrimizcha, bunday vaziyatning (holatning) mavjud ekanligi mazkur muammoni hal qilish yo‘lidagi katta to‘g‘onoqdir. Bir vaqtning o‘zida, ayrim hollarda ba’zi mualliflar tomonidan debitorlik va kreditorlik qarzlariga tegishli bo‘lgan jarayonlar turli shakl va mazmunda nomlanayotganligini ham e’tiborli masala sifatida qabul qilmoq lozim.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling