“Elektrotexnika ” fakulteti “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi “Muqobil energiya manbalari” yo‘nalishi 4-bosqich 341-19 gr talabasi Olimov Fazliddinning
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solishning huquqiy asoslari
Download 1.53 Mb.
|
1 2
Bog'liqFazliddin Olimov 341 soxa iqtisodiyoti)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solishning huquqiy asoslari
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiyotda debitorlik va kreditorlik qarzlarini huquqiy asoslarini takomillashtirish va tartibga solish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Albatta, bunday iqtisodiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida mamlakat miqyosida debitorlik va kreditorlik qarzlari darajasini ma’lum darajada kamaytirishga, iqtisodiy vaziyatni yumshatishga va to‘lov intizomini ancha mustahkamlanishiga erishildi. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramasdan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarining hozirgi darajasini va ayniqsa, ularning to‘lov muddati o‘tgan qismlarining mavjud ekanligini inobatga olgan holda to‘lov intizomining hozirgi ahvolini qoniqarli deyishga yetarli asoslar mavjud emasdir. Mamlakatimizda debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishda asosiy qonuniy hujjatlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14- apreldagi 182-sonli Qaroriga ilova «Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mus- tahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risida»gi Nizom hisoblanadi. Bunda asosan, quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratilgan. Ushbu Nizomga ko‘ra, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Komissiya o‘z faoliyatini to‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob- kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish, keyinchalik ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshiradi. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Shuningdek, mazkur nizomga amal qiladi. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, banklar, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etiladi. Mintaqaviy komissiyalar tarkiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda demak, yuqorida keltirilgan va qayd etilgan holatlardan ko‘rinib turibdiki, debitorlik qarzlarining vujudga kelishining haqiqiy sabablari to‘g‘risida fikr bildirilayotgan paytda iqtisodchi olimlarimiz ham yoki amaliyotchi mutaxassislarimiz ham juda ehtiyotkorlik bilan yondoshmoqlari lozim. Aks holda, bu narsa noto‘g‘ri yoki yetarli darajada asoslanmagan xulosalarning chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha muddati o‘tgan debitorlik qarzlari va muomaladagi naqd pul massasining hajmi o‘rtasida muayyan bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu bog‘liqlik muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining paydo bo‘lish riski oshib borishi bilan umumiy pul massasida va shunga mos ravishda hisob-kitoblar sohasida naqd pullar salmog‘ining ortib borishi bilan xarakterlanadi. Debitorlik qarzlaridagi qarama-qarshiliklar ulgurji aylanmadagi naqd pulli hisob-kitoblar, barter va o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘llari bilan birgalikda naqd pulsiz hisob-kitoblarning tezlashuvi, ya’ni bir xil summadagi pullar yordamida katta summadagi to‘lovlarga xizmat qilish uchun sharoitni yaratish orqali ham hal qilindi. O‘z navbatida, naqd pulsiz hisob-kitoblarning tezlashuvi mamlakatimiz banklarini xalqaro telekommunikatsion tizimlarga qo‘shilishi yirik kliring markazlarini yaratish, banklararo korrespondentlik munosabatlarini rivojlantirish, «Bank- mijoz» avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, bank plastik kartochkalarining qo‘llanilish doirasini kengaytirish orqali sodir etildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlariga baho berishda ularni balans holatiga keltirib o‘rganish ham mumkin bo‘ladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o‘zaro tenglik nisbatini tavsiflaydi. Bunda debitorlik majburiyatlarining kreditorlik majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlarni ifodalaydi. 1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 1992 2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Rasmiy nashr. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – T.: «Adolat». 2010, 400-b. 3.O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonuni 1991-yil 19-noyabr. 4.O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiya- dorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni 1996-yil 20-aprel. 5.O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonuni, 1994-yil 5-may. 6.O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni, 1996-yil 30-avgust. 7.O‘zbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonuni 1997-yil 24-aprel. Foydalanilgan adabiyotlar Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling