Elektrotexnika-elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo‘lish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadigan fan va texnika sohasidir


Download 427.14 Kb.
bet6/7
Sana20.09.2023
Hajmi427.14 Kb.
#1682970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 talik 2

P-n o‘tishning teshilish turlari. Yuqorida aytib o‘tilganidek, uncha katta bo‘lmagan teskari kuchlanishlarda I0 qiymati katta emas. Teskari kuchlanish
ma’lum chegaraviy qiymatga UChEG yetganda, teskari tok keskin ortib ketadi, o‘tishning elektr teshilishi yuz beradi.
O‘tishning teshilish turlari ikki guruhga bo‘linadi: elektr va issiqlik. Elektr teshilishining ikki mexanizmi mavjud: ko‘chkisimon va tunnel teshilish.
Ko‘chkisimon teshilish nisbatan keng p-n o‘tishlarda sodir bo‘ladi. Bunday o‘tishda teskari kuchlanishda elektron va kovaklar zarba ionizatsiyasi uchun yetarli bo‘lgan energiya oladilar va natijada qo‘shimcha elektron-kovak juftlar hosil bo‘ladi. Bu juftliklarning har bir tashkil etuvchisi, o‘z navbatida, elektr maydonida tezlashib, yana yangi juftlikni yuzaga keltiradi va x.z. Zaryad tashuvchilarning bunday ko‘chkisimon ko‘payishi natijasida o‘tishdagi tok keskin ortadi.
Tor p-n o‘tishga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarda tunnel effektiga asoslangan tunnel teshilish sodir bo‘ladi. UTES UChEG yetganda zaryad tashuvchilarning bir sohadan ikkinchisiga energiya sarf qilmasdan o‘tishiga imkon yaratiladi (tunnel effekti). UChEGning yanada ortishi bilan shuncha ko‘p zaryad tashuvchilar tunnel o‘tishi sodir etadilar va teskari tok keskin ortib boradi.
p-n o‘tishda issiqlik teshilishi teskari tok o‘tish natijasida o‘tishning qizishi hisobiga sodir bo‘ladi. Teskari tok, issiqlik toki bo‘lib, u ortgan sari qizish ham ortadi. Bu holat tokning ko‘chkisimon ortishiga olib keladi, natijada p-n o‘tishda issiqlik teshilishi yuz beradi va u ishdan chiqadi.

Mavzu. Diodlar haqida umumiy ma’lumot


Sanoatda juda ko‘p diodlar ishlab chiqariladi. Ular bir-biridan ko‘rinishi, parametrlari, ishlatilgan materiali, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Yarimo‘tkazgichli diodlar ikki elektrodli bo‘lib, birining nomi anod, ikkinchisining nomi katod deyiladi. Dioddan faqat bir tomonga tok oqib o‘tadi, ya’ni anoddan katodga, ikkinchi tomonga oqib o‘tmaydi chunki manbaga teskari ulanganda diodning ichki qarshiligi (Ri) juda katta bo‘ladi.


Diodlar elektr zanjirda ulanishiga qarab vazifalari belgilanadi. Masalan: o‘zgaruvchan tokni to‘g‘irlash maqsadida to‘g‘irlagichli diodlar, tokning barqaror holatda turishini ta’minlovchi stabilitronlar, yorug‘lik nur tarqatuvchi yorug‘lik diodlar, nurli signallarni qabul qiluvchi fotodiodlar, yuqori chastotali signallarni past chastotali signallarga aylantirib beruvchi yuqori chastotali diodlar hisoblanadi. Tayyorlanish texnologiyasida asosan germaniy, kremniy, indiy kabi yarimo‘tkazgichli materiallardan foydalaniladi.
Diodlar radioteleapparaturalarda asosan, signallarni o‘zgartirgach, detektor, demodulator, elektr tokining barqaror holatda turishini ta’minlaydi, o‘zgaruvchan tokni to‘g‘irlash maqsadida to‘g‘irlagich ishlatiladi. Ular parametrlari bilan birbiridan farq qiladi, transformator yordamida pasaytirilgan tok diod yordamida to‘g‘irlanadi. Diodlar asosan uch xil kuyish alomatiga ega, chala kuyadi. Qisqa tutashib qolishi yoki uzilib qolishi mumkin, mana shu kuyishi bir necha o‘nlab buzuqlik nuqsonlarini keltirib chiqaradi. HC260 multi-tester asbobi bilan diodlar quyidagicha tekshiriladi. Dioddan bir tomonga tok oqib o‘tadi, shuni inobatga olib tekshiramiz. Om shkalada diodning anodiga musbat shchupni, katodiga manfiy shchupni qo‘yamiz, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘alib, 100E–200E atrofida ko‘rsatadi. Shchuplarning joyini o‘zgartiramiz, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘almaydi. Diod ishlayotgan bo‘ladi, shchuplarni o‘zgartirilganda ikki tomonga ko‘rsatsa qisqa tutashgan, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘almasa uzilgan bo‘ladi. Bu nuqsonlarni almashtirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Download 427.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling