«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi


Induktiv bog‘langan zanjirlarning ekvivalent sxemalari


Download 406.73 Kb.
bet18/31
Sana31.10.2023
Hajmi406.73 Kb.
#1735473
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)

Induktiv bog‘langan zanjirlarning ekvivalent sxemalari

Induktiv bog‘langan zanjirlarni tahlil etish va hisoblash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu ishni soddalashtirish maqsadida induktiv bog‘langan zanjirlarni ekvivalent almashtirish usuli qo‘llaniladi.


2.38-rasm, a da keltirilgan o‘zaro induktiv bog‘langan zanjirni induktiv bog‘lanmagan zanjirga almashtirishni tahlil qilaylik. Bunda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikki holatni ko‘rib chiqamiz:
1. Elementlarning bir xil nomlangan qismalari umumiy tugunga ulangan sxema (2.38–rasm, a).
2. Elementlarning har xil nomlangan qismalari umumiy tugunga ulangan sxema (2.38–rasm, b).
Agar 3- tugunda faqat uchta shoxobcha ulangan bo‘lsa, u holda sxemaga qo‘shimcha shoxobcha kiritish shart emas.
1, 3 va 2, 3 qismalar orasidagi kuchlanishlar uchun quyidagi ifodalarni yozish mumkin:

Ushbu tenglamalardagi "+" ishora bir xil nomlangan qismalar ulangan birinchi holatga, "-" ishora esa har xil nomlangan qismalar ulangan ikkinchi holatga mos keladi. Ishoralarning bunday tartibini keyingi ifodalar uchun ham qo‘llaymiz.
ifodadan foydalanib sistemaning birinchi tenglamasidagi tokni, ikkinchi tenglamasidan esa tokni istisno qilib, quyidagi tenglamalarni yozish mumkin:

Bundan tashqari quyidagini hosil qilish mumkin:

Y uqorida keltirilgan oxirgi uchta tenglama 2.39-rasmdagi sxema uchun o‘rinli va shuning uchun ham bu sxema induktiv bog‘lanmagan ekvivalent sxema bo‘ladi. Demak, zanjirdagi induktiv bog‘lanishni istisno etish uchun va qarshilikli shoxobchalarga qo‘shimcha qarshiliklar kiritib, 3’-3 tugunlar orasiga esa qarshilikli element kiritish kerak bo‘ladi. qarshilik oldidagi "-" ishora bir xil nomlangan qismalar umumiy tugunga ulangan holatga to‘g‘ri keladi. Induktiv bog‘langan elementlar uch qirrali yulduz yoki uchburchak usulida ulangan bo‘lsa, yuqorida bayon etilgan ekvivalent almashlash usulidan foydalanib, induktiv bog‘lanishi bo‘lmagan sxemaga o‘tish mumkin. To‘rt qirrali yulduz usulida ulangan sxemalarni ekvivalent almashlash birmuncha murakkab, chunki almashlash natijasida induktiv bog‘langan elementlar umumiy tuguni bo‘lmagan shaxobchalarda joylashgan bo‘lib qoladi.



Download 406.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling