«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi


Download 406.73 Kb.
bet15/31
Sana31.10.2023
Hajmi406.73 Kb.
#1735473
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)

O‘zaro induksiya EYuK

Induktiv bog‘langan elementlardan biridagi tok o‘zgarsa, boshqa elementda o‘zaro induksiya EYuKi paydo bo‘ladi. O‘zaro induksiya (elektromagnit induksiya qonuni) tufayli paydo bo‘ladigan EYuK va kuchlanishning absolyut qiymati mos ravishda quyidagilarga teng:



Bu kattaliklar ishoralarini aniqlash uchun o‘zaro bog‘langan zanjir elementlarining bir xil nomlangan qismalarini topish kerak. Bunda quyidagi qoida o‘rinlidir:
"Agar qismalarga nisbatan bir xil yo‘nalishda o‘tadigan tokdan har bir elementda hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya va o‘zaro induksiya magnit oqimlari qo‘shilsa, u holda bu qismalar induktiv bog‘langan ikkita elementning bir xil nomlangan qismalari deyiladi".
Bu qoida asosida 2.28-rasm, a da keltirilgan g‘altaklar qismalari belgilangan. i1 tok a qismadan b qismaga yo‘nalgan bo‘lsa va i2 tok c qismadan d qismaga yo‘nalgan bo‘lsa, o‘zinduksiya magnit oqimi Ф11 (Ф22) va o‘zaro induksiya magnit oqimi Ф12 (Ф21) bilan qo‘shiladi. Shuning uchun a qisma bilan c qisma bir xil nomlangan bo‘ladi, xuddi shunday b qisma d qisma bilan bir xil nomlangan bo‘ladi.

2.28-rasm, b dagi g‘altaklar uchun a1 va d1 hamda b1 va c1 bir xil nomlangan qismalar bo‘ladi.
Avvalgi holdan farqli joyi shundaki, 2-g‘altakning o‘ralish yo‘nalishi 1-g‘altakning o‘ralish yo‘nalishiga qarama-qarshidir.
Bir xil nomlangan ikkita juft qismalardan biri maxsus belgilar: nuqta yoki yulduzcha bilan belgilanadi.

Bunday ulanish ikki xil bo‘lishi mumkin: mos yoki qarama-qarshi ulanish. Mos ulangan g‘altaklarda toklar bir xil nomli qismalarga nisbatan bir xil yo‘nalgan bo‘ladi (2.29-rasm, a). Qarama-qarshi ulangan g‘altaklarda toklarning yo‘nalishi bir xil nomlangan qismalarga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi (2.29-rasm, b).


Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan ikkita induktiv g‘altaklarning o‘zaro mos ulangan zanjiri uchun elektr muvozanat tenglamasini tuzamiz. Tokning musbat yo‘nalishi va konturning aylanib chiqish yo‘nalishi bir xil deb faraz qilaylik. Induktiv bog‘langan elementlari bo‘lgan elektr zanjirlarni bevosita hisoblash uchun zanjirlarni hisoblashning avval ko‘rib o‘tilgan barcha usullari ishlatiladi, faqat tugun potensiallar usulini qo‘llash uchun ba'zi bir qo‘shimcha qoidalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

O‘zaro bog‘langan ikkita induktiv g‘altak ketma-ket va induktiv jihatdan mos ulanganda uning differensial tenglamasi quyidagicha yoziladi:

Kompleks shaklda esa:
bunda

bu yerda -o‘zaro induktiv qarshilik.
Mos ulangan zanjir uchun vektorlar diagrammasi 2.30-rasm, a da keltirilgan.

G‘altaklar ketma-ket va o‘zaro qarama-qarshi ulanganda elektr muvozanat tenglamasi differensial shaklda quyidagicha yoziladi:
,
kompleks shaklda esa:


Ketma-ket va induktiv jihatdan qarama-qarshi ulangan zanjir uchun vektorlar diagrammasi 2.30-rasm, b da keltirilgan.
Induktiv bog‘langan g‘altaklar o‘zaro mos ulanganda ularning to‘la qarshiligi ular o‘zaro qarama-qarshi ulangandagiga nisbatan katta bo‘ladi. Bu xususiyatdan o‘zaro induktiv bog‘langan g‘altaklar bir xil nomlangan qismalarini aniqlashda foydalaniladi.


2. Induktiv bog‘langan g‘altaklarni o‘zaro parallel ulanishi

Ikkita o‘zaro induktiv bog‘langan g‘altaklarni parallel ulanishi (2.31-rasm)ni tahlil qilish uchun Kirxgofning 1- va 2-qonunlariga asoslanib differensial va kompleks shakllarda muvozanat tenglamalarini tuzamiz:



yoki
bunda
Agar o‘zinduksiya va o‘zaro induksiya magnit oqimlari yo‘nalishlari mos tushsa, u holda xM "musbat", aks holda, esa- "manfiy" ishora bilan olinadi. So‘ngi tenglamalar sistemasini I1 va I2 toklarga nisbatan yechib, quyidagi ifodalarni hosil qilamiz:

Umumiy tok esa:

Zanjirning kirish qarshiligi:
.
Agar bo‘lsa, u holda:


a) b)
2.32-rasm

2.32-rasmda o‘zaro parallel ulangan va induktiv bog‘langan ikkita g‘altak vektor diagrammalari qurilgan: a)-mos; b)- qarama-qarshi ulangan zanjirlar uchun.


Vektor diagrammalarni qurishda manba kuchlanishi vektori ning boshlang‘ich fazasi nolga teng deb olingan.



Download 406.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling