Nazorat savollari.
1. Transformator nima?
2. Ish rejimlari qanday?
3. Transformatorning konstruktsiyasi qanday?
4. Transformatsiya koeffitsenti nima?
5. Foydali ish koeffitsenti qanday?
6. O‘lchov transformatori nima?
7. Transformatorning turlarini sanab bering?
8. Transformatorning tashqi xarakteristikasi nima?
5- Mavzu: Uch fazali elektr zanjirlar.
Reja:
1
|
Uch fazali elektr zanjirlari haqida tushuncha.
|
2
|
Iste’molchilarni “yulduz” va “uchburchak” shakllarda ulash.
|
3
|
Simmetrik va nosimmetrik sistemalar. Aylanuvchi magnit maydon.
|
4
|
Asinxron mashinalar haqida tushuncha. Uch fazali zanjirlarda quvvatni oʻlchash.
|
Elektr energiya asosan uch fazali manbalar, uzatish liniyalari va iste’molchilar yordamida ishlab chiqariladi, uzatiladi va iste’mol qilinadi. Bu holat uch fazali tizimlarni bir fazalilarga nisbatan quyidagi bir qator afzalliklari bilan izohlanadi:
1. Elektr energiya uch fazali toklar sistemasi ko‘rinishida uzatilganda bir fazali tok ko‘rinishida uzatilgandagiga nisbatan qariyb 50% rangli metall tejaladi;
2. Uch fazali toklar sistemasi tuzilishi jihatdan sodda, yaxshi ish xarakteristikalariga ega bo‘lgan, ishlashda ishonchli va arzon hamda bir necha 10 Vt dan 100 kVt va undan katta quvvatli motorlar, transformatorlar va boshqa qurilmalarni yaratish imkonini beradi;
3. Uch fazali simmetrik va to‘rt simli nosimmetrik sistemada bir-biridan ga farq qiluvchi ikkita kuchlanishdan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Uch fazali zanjirlarni hisoblash bir fazali sinusoidal tok zanjirlarini hisoblashga o‘xshash bo‘lsa-da, zanjirda boshlang‘ich fazalari har xil bo‘lgan bir nechta EYuK va toklar ishtirokini hisoblashni ancha murakkablashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |