«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi
Download 406.73 Kb.
|
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salt ishlash tajribasi
Φ2s ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning induktiv pasayuvi ULs=I2∙χL bilan kompensatsiya qilinadi.
Qisqa tutashuv rejimi. Bu rejimda ikkilamchi chulg‘am uchlari o‘zaro tutashib, tashqi qarshilik z2nom=0 bo‘ladi. Transformator uchun bunday rkjim nomaqbul hisoblanadi. Bunda ikkilamchi, shuningdek birlamchi tok nominalidan 18 ─ 20 baravar ortib ketadi. Bu hodisaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. SHuning uchun real sharoitlarda transformatorni qisqa tutashuv tokidan saqlash maqsadida avtomatik ajratkichlar o‘rnatiladi. Transformatorlarni laboratoriya sharoitida tekshirish uchun «qisqa tutashuv» pasaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi (3-rasm). 3-rasm Salt ishlash tajribasini o‘tkazishdan maqsad transformatorning po‘lat o‘zagida magnit maydoni hosil qilish uchun sarf bo‘ladigan quvvat isrofi Pp ni va transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti k ni aniqlashdir. Transformatorning salt ishlash tajribasini o‘tkazish sxemasi 3-rasmda ko‘rsatilgan. Birlamchi chulg‘amga ulangan o‘lchash asboblari yordamida transformatorning salt ishlash vaqtidagi toki I0 va quvvati P0 hamda kuchlanish U0 aniqlanadi. Tajriba vaqtida U10 = U1nom bo‘lishi kerak. Ikkilamchi chulg‘am uchlariga ulangan voltmetr yordamida kuchlanish U2 = U20 aniqlanadi. Tok I2 = 0. Salt ishlash vaqtidagi quvvat isrofi: (vattmetr ko‘rsatgan). Mis chulg‘amlarining qizishi salt ishlash tokining =(0,05I1nom)2∙ R1 qiymati bilan cheklangani uchun undagi quvvat isrofini deyish mumkin. U holda bo‘ladi. Transformator nominal yuklama bilan ishlaganda uning chulg‘amlaridan nominal tok o‘tib, chulg‘amlar qiziydi. Keltirilgan quvvat bir qismining issiqlik tarzida atrof muhitga tarqalishi mis chulg‘amlaridagi quvvat isrofi PM deyiladi, uni transformatorning qisqa tutashuv rejimida ishlash tajribasidan aniqlanadi. Sxemadan ko‘rinadiki, transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ampermetr A2 orqali qisqa tutashtirilgan. Birlamchi chulg‘am kuchlanishi U1 va quvvat koeffitsiyenti cos φ2 o‘zgarmas bo‘lganida ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish U2 ning yuklama toki I2 ga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziq U2 = f (I2) transformatorning tashqi xarakteristikasi deyiladi. Liniyadagi kuchlanishlarning pasayuvini hisobga olib iste’molchiga o‘rnatiladigan kata quvvatli transformatorlarning chiqish tomonidagi kuchlanishi, odatda nominaldan 5 foiz ortiq qilib belglanadi. Download 406.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling