Ikki konturli o‘zaro induktiv bog‘langan zanjirda bir xil nomlangan qismalarni va o‘zaro induktivlikni aniqlash usullari
Induktiv bog‘langan g‘altaklar bir xil nomlangan qismalarini aniqlash generator, transformator, elektr motor va bir qator radiotexnik hamda elektr o‘lchash qurilmalarini normal ishlatish uchun zarur bo‘ladi.
I kkita o‘zaro induktiv bog‘langan g‘altaklar bir xil nomli qismalarini tajribada aniqlash juda oson. Buning uchun 2.36-rasmdagi sxemaga binoan o‘zgarmas tok manbaining "+" belgili qismasini birinchi g‘altakning 1 belgili qismasiga, 2 belgili qismasini esa, manbaning "-" ishorali qismasiga ulanadi. Noli o‘rtada joylashgan o‘zgarmas tok voltmetri ikkinchi induktiv g‘altakka ulanadi. Agar kalit SA ulanganda voltmetr mili (strelkasi) musbat yo‘nalishga, ya'ni o‘ngga burilsa, u holda ikkinchi induktiv g‘altakning bir xil nomli qismasi 3 bo‘ladi. Agar voltmetr strelkasi manfiy yo‘nalishga, ya'ni chapga burilsa, u holda bir xil nomli qisma 4 bo‘ladi.
a) o‘zaro induktivlikni aniqlashning birinchi usuli
Salt ish rejimida ikkinchi induktiv g‘altakning qismalarida hosil bo‘lgan U2 kuchlanishni birinchi g‘altak chulg‘amidan o‘tayotgan I1 tokka nisbatini olib, undan o‘zaro induktiv qarshilik xM ni va o‘zaro induktivlik M ni hisoblash mumkin.
va bundan . Yoki birinchi induktiv g‘altak cho‘lg‘amida hosil bo‘lgan kuchlanish U1 ni ikkinchi g‘altakdan o‘tayotgan I2 tok qiymatiga bo‘lib, o‘zaro induktiv qarshilik xM va o‘zaro induktivlik М ni aniqlash mumkin:
b) o‘zaro induktivlikni aniqlashning ikkinchi usuli
Buning uchun 2.37-rasmda keltirilgan sxemani yig‘amiz va U kuchlanish, I tok va P aktiv quvvatlarni o‘zaro induktiv bog‘langan ikkita g‘altak ketma-ket va mos hamda ketma-ket va qarama-qarshi ulangan holatlarida o‘lchaymiz. O‘lchash natijalari asosida quyidagilarni hisoblaymiz:
Bu ifodalarda mos indeksi-g‘altaklar o‘zaro induktiv jihatdan mos, q.q. - indeksi esa, g‘altaklar o‘zaro qarama-qarshi ulashga taalluqli. O‘zaro induktivlik quyidagicha hisoblanadi:
Bog‘lanish koeffitsiyenti esa ga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |