«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi


-masala: ikki juft qutbga ega generator n = 1500 ayl/min tezlik bilan aylanmoqda. O‘zgaruvchan tok chastotasini aniqlang. Yechish


Download 406.73 Kb.
bet14/31
Sana31.10.2023
Hajmi406.73 Kb.
#1735473
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)

3-masala: ikki juft qutbga ega generator n = 1500 ayl/min tezlik bilan aylanmoqda. O‘zgaruvchan tok chastotasini aniqlang.
Yechish.
4-masala: Chorvoq GES turbogeneratorlari 250 ayl/min tezlik bilan aylanadi. Chastota 50 Gs bo‘lganda generatorlarning juft qutblar sonini aniqlang.
Yechish.


4-Mavzu: Oʻzaro induktiv bogʻlangan zanjirlari.
Reja:

1

Oʻzaro induktiv bogʻlangan zanjirlarni hisoblash.

2

Ikki gʻaltakning mos, qarama-qarshi, ketma-ket va parallel ulanishi.

3

Transformatorlar haqida tushuncha.

4

Ideal va real transformatorlar ularning foydali ish koeffitsienti va vektor diagrammasi.

Agar elektr zanjirning bir elementidagi tokning o‘zgarishi zanjirning boshqa elementida EYuK paydo bo‘lishiga sabab bo‘lsa, u holda bu elementlar o‘zaro induktiv bog‘langan, paydo bo‘ladigan EYuK esa o‘zaro induksiya EYuKi deyiladi.
Ikki elementning induktiv bog‘lanish darajasi bog‘lanish koeffitsiyenti yordamida tavsiflanadi:
,
bu ifodada M-zanjir elementlarining o‘zaro induktivligi, L1 va L2 -zanjir elementlarining xususiy induktivliklari.
Induktiv bog‘lanish koeffitsiyenti har doim birdan kichik bo‘lishligini ko‘rib chiqamiz.
Nisbatan katta o‘lchamli ikkita induktiv g‘altak berilgan bo‘lsin (2.27-rasm). G‘altaklarning har bir o‘rami bir xil magnit oqimi bilan ilashgan bo‘lsin. 2.27-rasm, a da birinchi g‘altakdan i1 tok o‘tgan holat uchun magnit maydonining tasviri ko‘rsatilgan. Birinchi g‘altak o‘ramlari o‘zinduksiya magnit oqimi Ф11, ikkinchi g‘altak o‘ramlari esa o‘zaro induksiya magnit oqimi Ф12, bilan ilashgan. Birinchi va ikkinchi g‘altaklarning o‘zinduksiya va o‘zaro induksiya ilashish magnit oqimlari quyidagicha aniqlanadi:

bunda w1 va w2 - g‘altaklardagi o‘ramlar soni.
O‘zaro induksiya oqimlari (21 va 12) va ilashish oqimlari (21 va 12) indeksidagi birinchi raqam oqimning qaysi kontur bilan ilashayotganligini, ikkinchisi esa shu oqimni hosil qilgan tok qaysi konturga tegishliligini bildiradi.
Ta'rif bo‘yicha birinchi g‘altakning induktivligi va g‘altaklarning o‘zaro induktivligi quyidagilarga teng:


G‘altakdan o‘tadigan tok va o‘zinduksiya magnit oqimining musbat yo‘nalishlarini o‘ng vint qoidasiga ko‘ra tanlaymiz, shuning uchun i1 > 0 bo‘ladi va nisbat har doim musbat qiymatga ega. O‘zaro induksiya oqimining musbat yo‘nalishi esa ixtiyoriy va shuning uchun nisbat (musbat yoki manfiy) ishorali bo‘lishi mumkin.

2.27-rasm, b da faqat ikkinchi g‘altakdan i2 tok o‘tayotgan holat uchun magnit maydonining tasviri berilgan. Ta'rif bo‘yicha

Amalda ikki g‘altakning o‘ramlari bir xil bo‘lmagan (bir-biridan farq qiladigan) magnit oqimlar bilan ilashadi, shuning uchun har doim k < 1 bo‘ladi.
O‘zaro induktiv bog‘lanish koeffitsiyenti qiymatini g‘altaklarni bir-biriga nisbatan siljitish bilan o‘zgartirish mumkin. G‘altaklari bir-biriga nisbatan siljishi mumkin bo‘lgan asbob variometr deb ataladi.

Download 406.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling