«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi


-Ma’ruza. Nazariy elektrotexnikaning umumiy asoslari


Download 406.73 Kb.
bet2/31
Sana31.10.2023
Hajmi406.73 Kb.
#1735473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)

1-Ma’ruza. Nazariy elektrotexnikaning umumiy asoslari.
Reja:
1. .“Nazariy elektrotexnika” faniga kirish. Fanning predmeti va uslublari.
2. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedogogik texnologiyalar. Zamonaviy elektrotexnik qurilmalarning tavsifi tarixi va rivojlanish kelajagi.
3. Elektr zanjirlar nazaryasida qo‘llaniladigan elektromagnit maydon tushunchasi va integral kattaliklar energetika masalalari..
Tayanch so‘zlar: Magnit, elektr zaryad, elektr maydon, magnit maydon, elektr, mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug‘lik, atom energiyalar - energiya turlari; Kulon, Om, Kirxgof va Djoul-Lens qonunlari, Makvell tenglamalari, elektrotexnik qurilmalar va elektr magnit hodisalar
Hozirgi zamon elektroenergetikasi-mamlakatning etakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:
a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug‘lik, atom) energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;
b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsienti (FIK) bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;
v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin;
d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o‘zgartirish sodda;
e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, radioaloqa). [1]
Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalarni yangi sifat darajaga ko‘tarishga imkon berdi. Elektrotexnika fanining zamirida elektrotexnik, radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur’atlar bilan rivojlandi.
Elektrotexnikaning yuzaga kelishi o‘zgarmas tok manbaining yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog‘liq.
Qadim o‘tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog‘ rudalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar.
Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardanoq qahrabo ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyodan ma’lum, lekin bu hodisalar to‘g‘risidagi fan 1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar to‘g‘risida tadqiqotlarini e’lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to‘g‘risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, SH. Kulonlarning amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Elektr va magnit hodisalarni o‘zaro bog‘langanligini rus olimi F. Epinus 1758 yilda o‘z ma’ruzasida aytib o‘tgan.
1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o‘z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan. Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo‘yicha birinchi tadqiqotlarini o‘tkazgan va u elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi.
Magnit strelkaga tokning ta’siri X. Ersted tomonidan 1819 yilda, toklarning o‘zaro ta’siri esa A. Amper tomonidan 1820 yilda o‘rganilgan. Amper birinchi bo‘lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish terminlarini kiritgan. Magnit maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o‘tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio – Savar – Laplas qonuni).
Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S. Puasson tadqiq etgan. Elektromagnit maydonning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish uchun kuch va ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan.
1782 y. Laplas o‘z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og‘irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo‘llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo‘li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor o‘rgangan. Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akademigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826 yilda nemis olimi G. Om tomonidan kashf etilgan.


Download 406.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling