«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi
O‘zgaruvchan tok haqida tushuncha, sinusoidal EYUKni hosil qilish
Download 406.73 Kb.
|
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgaruvchan tokning davri, chastotasi, amplitudasi va faza siljishi. Davr
2. O‘zgaruvchan tok haqida tushuncha, sinusoidal EYUKni hosil qilish
Sinusoidal o‘zgaruvchan tok asosan elektrostantsiyalarda bug‘ va gidravlik turbinali generatorlar yordamida hosil qilinadi. Mazkur generatorlarning ishlash printsipi elektromagnit induktsiyasi qoidasiga, elektromagnit kuch qonunlariga asoslangan: Stator chulg‘amiga maxsus pazlar o‘yilgan bo‘lib bu pazlarga mis chulg‘amlar joylashtiriladi: Rotor o‘zgarmas magnit yoki elektromagnitning bir turi bo‘lib, generatorning asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Kuchli generatorlarning rotori, elektromagnit rejimida ishlaydigan qilib tayyorlanadi, bunda u hosil qilgan magnit maydonini oqimini boshqarish mumkin bo‘ladi. Sinusoidal o‘zgaruvchan kattaliklarni xarakterlovchi quyidagicha parametrlari mavjud. O‘zgaruvchan tokning davri, chastotasi, amplitudasi va faza siljishi. Davr deb yo‘nalishi va kattaligi jihatidan bir marta to‘la o‘zgarishiga aytiladi. CHastota deb bir sekund ichida to‘la o‘zgarishlar soniga aytiladi. Amplituda deb sinusoidaning musbat va manfiy yarim qiymatlarda parametrning erishgan eng katta qiymatlariga aytiladi. 11-rasm. Sinusoida chizig‘ini hosil qilish chizmasi 12-rasm. Sinusoidal kattaliklarning o‘zgarishi. Faza siljishi deb chastotasi bir xil bo‘lgan ikkita o‘zgaruvchan tok orasidagi davrlari boshlanish momentlarini bir-biriga to‘g‘ri kelmasligiga aytiladi. I=Imsint U=Umsint bu yerda: Im – sinusoidal tokning maksimal qiymati. Um – sinusioidal kuchlanishning maksimal qiymati. = – burchak chastotasi. 3. Sinusoidal tok zanjirida aktiv, induktiv va sig‘im iste’molchilari O‘zgaruvchan tok zanjiri iste’molchilari ideallashtirilgan holatda shu turlarga bo‘linadi. 1) aktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o‘ziga qabul qilib uni faqat issiqlik yoki yorug‘lik energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi qarshiligi va o‘tkazuvchanligi bo‘ladi. Birligi Om larda o‘lchanadi. 2) induktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o‘ziga qabul qilib uni magnit maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi magnit singdiruvchanligi hisoblanadi. Birligi Gn larda o‘lchanadi. 3) sig‘im iste’molchilari – ular elektr energiyasini o‘ziga qabul qilib uni elektr maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi sig‘imi hisoblanadi. Birligi Faradalarda o‘lchanadi. Elektr tokining o‘lchov birligi qilib o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekundda o‘tgan elektr miqdori qabul qilingan. bu yerda: I – tok kuchi, Q –o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi, t – vaqt birligi. Aktiv qarshilik induktiv va sig‘im qarshiliklar o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarining parametrlari hisoblanadi. Masalan cho‘g‘lanish elektr lampalari, qarshilik elektr pechlari, rezistorlar aktiv qarshiliklar, salt ishlayotgan transformator induktivlik, yuklamasiz kabel esa sig‘im bilan ko‘rsatiladi. 13-rasm: Aktiv qarshilikli zanjir. 14-rasm. Induktiv qarshilikli zanjir 15-rasm. Sig‘im qarshilikli zanjir. 16-rasm: Induktiv va sig‘im qarshilikli zanjirning I va U lari bog‘lanishi grafiklari. Iste’molchilarni birining ohirgi uchiga ikkinchisining boshlang‘ich nuqtasini ulab zanjirni yopilishi, kema-ket ulash deyiladi. Iste’molchilarni barchasini boshlang‘ich uchlarini bir nuqtaga va oxirgi uchlarini boshqa nuqtaga birlashtirilishi parallel ulash deyiladi. 17-rasm: Qarshiliklari ketma-ket va parallel ulangan printsipial sxemasi. Download 406.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling