Elektrotexnika haqida ma’lumot Elektrotexnika


Download 51.5 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi51.5 Kb.
#1020992
1   2
Bog'liq
Elektrotexnika haqida ma

Elektrotexnika sanoati — elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va isteʼmol qilish uchun elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Bugʻ va gaz turbinalari uchun generatorlar, gidrogeneratorlar, elektr mashinalari, shu jumladan, elektrovozlar, oʻzgaruvchan tok elektrodvigatellari, kuch transformatorlari, payvandlash transformatorlari, kabellar, uzoq masofalarga elektr uzatish liniyalari jihozlari va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. 19-asrning 80-yillari paydo boʻldi. Ayniqsa, AQSH va Germaniyada goqori surʼatlarda rivojlandi. Rossiyada 19-asrning oxirlarida chet el kompaniyalarining filiallari paydo boʻldi. Sobiq SSSRda GOELRO rejasini amalga oshirilishi bilan bogʻliq holda sanoat tarmogʻi sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda Elektrotexnika sanoati Ikkinchi jahon urushi davrida vujudga keddi. 1941-yilda evakuatsiya qilingan Xarkov "Elektrostanok" va Moskvadagi "TVCH" ("Tok vnsokoy chastotn") zdlari asosida Toshkent elektrotexnika zavodi (qarang "Oʻzelektrapparat" aksiyadorlik jamiyati), 1942-yilda Rossiyaning Vladimir viloyatidagi Kolchugino shahridagi kabel zavodi asosida Toshkent kabel zavodi (qarang "Uzkabel" aksiyadorlik jamiyati), Leningrad elektropult zavodi asosida Chirchik transformator zavodi ishga tushirilib, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqara boshladi. 1955-yildan respublika Elektrotexnika sanoati mashinasozlikning mustaqil tarmogʻiga aylandi. Elektrotexnika sanoatining ixtisoslashtirilishi va energetika talablarining osha borishi bilan 60-yillarda Elektrotexnika sanoati keng rivojlandi. 60-yillarning boshida Namangan shahrida "Elektroterm" (1972-yildan "Oʻzelektroterm"), Qoʻqon shahrida "Elektromash" korxonalari qurilib ishga tushirildi. 1987-yildan Toshkent shahrida "Algoritm" birlashmasi ish boshladi (oʻquv yurtlari uchun kompyuterlar, elektrotexnika mahsulotlari va xalq isteʼmoli buyumlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi). 1993-yilda respublikadagi 30 dan ortiq sanoat korxonalarini birlashtirgan "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi tashkil etildi. Uyushma korxonalarida kabel simlari, transformatorlar, payvandlash uskunalari, isitkichlar, yarimoʻtkazgichlar, quyosh energiyasidan foydalanish st-yalari va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqariladi. Uyushma tarkibidagi korxonalar qoshida AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Shveysariya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning kompaniyalari va firmalari ishtirokida 10 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar chet ellarga eksport qilinadi. 2003-yilda Oʻzbekiston Elektrotexnika sanoati korxonalarida 716 ta kuch transformatorlari, 4048,2 km yuqori kuchlanish simlari, 5295 km rezina qobiqli simlar, 8577 km shahar telefon aloqa simlari, 23688 km yoritqich simlari ishlab chiqarildi.
Chet ellarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda yirik Elektrotexnika sanoati kompaniyalari faoliyat koʻrsatadi. "Jeneral elektrik" (AQSH), "Simens" (GFR), "Xitati" (Yaponiya), "ASEA" (Shvetsiya), "Elektrosila" (Rossiya) va boshqalar korxonalar jahon Elektrotexnika sanoatida elektr mashinalari, shu jumladan, generatorlar, transformatorlar, yuqori kuchlanishli uskunalar va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi mavqeni egallab keladi (yana qarang Elektrotexnika).
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling