Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
2-Bob. Dielektriklar
2.1. Elektr maydonidagi dielektrik Dielektriklarning muhim xususiyatlaridan biri ularning tashqi elektr maydoni ta’sirida qutblanishidir. Qutblanish deganda dielektriklarda elektr maydoni ta’sirida zaryadlangan zarrachalarning fazoviy joylashuvini o’zgartirish holati tushuniladi. Elektr maydoni ta’sirida bo’lgan dielektrik ikki vektor qiymat – elektr maydon kuchlanganligi ( ) va qutblanganlik ( ) bilan ifodalanadi. Elektr maydon kuchlanganligini zaryadlangan jism yoki zarrachalarning elektr maydonidagi ta’sir kuchini ifodalaydi. Elektr maydon kuchlanganligi vektorining yo’nalishi sifatida jism nuqtaviy zaryadining musbat kuch chizig’i yo’nalishi qabul qilingan (2.1- rasm). 2.1-rasm. Ikki nuqtaviy zaryadlar orasidagi mexanik ta’sir kuchi Elektr statikaning asosiy qonuni (Kulon qonuni)ga asosan bir jinsli dielektrikning biror-bir muhitda joylashgan va bir-biridan R masofada bo’lgan ikki nuqtaviy zaryadi (q 1 , q 2 ) orasidagi mexanik ta’sir kuchi quyidagicha aniqlanadi: 2 0 2 1 4 R q q F r , N (2.1) + 2.2-rasm 2.3-rasm E + + + + + + + + q 1 q 2 R F 43 bunda: R – nuqtaviy zaryadlarni tutashtiruvchi chiziq yo’nalishidagi birlik vektori, m; r – nisbiy dielektrik singdiruvchanlik; 0 – elektr doimiysi м F / 10 854 , 8 36 10 12 9 0 q qiymatli nuqtaviy zaryadning R masofada vujudga keltiradigan elektr maydon kuchlanganligi Kulon qonuniga asosan quyidagicha ifodalanadi: , 4 2 0 R q r B / m (2.2) Ikki yassi qoplama (elektrod)lar orasiga o’zgarmas (h) qalinlikdagi dielektrik joylashtirilsa, bu dielektrikning istalgan nuqtasidagi elektr maydonining kuchlanganligi o’zgarmas bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi: , h U (2.3) bunda U – yassi qoplamalar orasidagi kuchlanish, V. Agar ichki va tashqi radiuslari r 1 , r 2 bo’lgan qoplamalar orasiga dielektrik joylashtirilsa va silindrik kondensator vujudga keltirilsa, o’q yo’nalishi bo’ylab x masofadagi elektr maydon kuchlanganligi quyidagicha aniqlanadi 34 1 2 ln r r x U , (2.4) Qutblanganlik yoki qutblanish jadalligi (P) dielektrikning tashqi maydoni ta’siri ostida qutblanishini ifodalaydi. Tashqi elektr maydoni bo’lmaganida dielektriklar hajmidagi zarrachalar elektr momentiga ega bo’lmaydi. Chunki dielektrik hajmidagi molekula zaryadlarining algebraik yig’indisi nolga teng bo’ladi, ya’ni musbat va manfiy zaryadlarning og’irlik markazlari faza jihatidan bir-biriga mos keladi (2.4-rasm). 34 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 38-bet 44 a) b) 2.4-rasm. Dielektrik hajmidagi molekula zaryadlari Tashqi elektr maydoni ta’sirida dielektrik molekulalari tartibli joylashadi. Bunda dielektrikning elektr momenti ( - dielektrik barcha qutblangan momentlarining geometrik yig’indisi) noldan farq qiladi. Qutblanganlik dielektrikning ma’lum bir nuqtasi uchun elektr maydon kuchlanganligiga to’g’ri proportsional bo’ladi: 35 Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling