Elektrotexnika materiallari
Qutbli va qutbsiz dielektriklar
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
2.2. Qutbli va qutbsiz dielektriklar Dielektriklar, asosan, qutbli va qutbsiz turlarga bo’linadi. Istalgan moddaning molekulalari zarrachalardan (atom yoki guruhlari, ionlardan) iborat bo’lib, ularning har biri musbat yoki manfiy elektr zaryadiga egadir. Bu zaryadlar orasidagi o’zaro tortishish kuchi jismning mexanik mustahkamligini ifodalaydi. Turli xil 40 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 41-bet. 50 moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning fazoviy joylashuvi har xil bo’lishi mumkin. Agar molekulalarning barcha musbat yoki manfiy zaryadlarini bitta umumiy manfiy va bitta umumiy musbat zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda musbat va manfiy zaryadlarining og’irlik markazlarida joylashgan mazkur zaryadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki mos tushmasligi mumkin (2.9-rasm). a) b) 2.9-rasm. Qutbli va qutbsiz dielektrik molekulalarining joylashishi Fazoviy bir-biriga mos tushgan zaryadlar qutbsiz molekulaga ega bo’lgani sababli, bunday molekulalardan tashkil topgan jismlar qutbsiz jismlar deyiladi. Ikkinchi holda molekula tashqi elektr maydoni ta’sir etmagan holatda ham o’z elektr momenti noldan farqli bo’lib, dipol hosil qilgani sababli, molekula qutbli hisoblanadi va ular asosida tashkil topgan jismlar qutbli jismlar deb ataladi. Molekulaning elektr momenti quyidagicha aniqlanadi: , ql Kl∙m (2.18) bunda q-molekulaning jami musbat (yoki unga son jihatdan teng bo’lgan jami manfiy) elektr zaryadi, Kl; l - dipol yelkasi, m. 41 Qutbli molekulaning elektr momenti 10 -30 Kl∙m atrofida, qutbsiz molekulaniki esa l=0 bo’lgani sababli =0 bo’ladi. Jismning elektr xossasidan qat’iy nazar, uning qutbliligi molekulaning kimyoviy tuzilishi orqali aniqlanadi. Simmetriya markazi bo’lganda, simmetrik ravishda joylashgan molekulalar qutbli bo’ladi. Bir atomli molekulalar (He, Ne, 41 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 47-bet 51 Kr, Xe) va ikki atomli gomeoqutbli bog’lanishli (H 2 , Cl 2 va hokazo) molekulalar qutbsizdir. Ion bog’lanishli molekulalar qutbli boglanishlar qatoriga kiradi uglevodorodli moddalari esa qutbsizdir. Masalan, qutbsiz bog’lanishli moddalarga parafin, serezin, polipropilen, poliizobutilen, polistirol, eskapon, neftli izolyatsiya moyi va hokazolar, qutblilariga esa polivinilflorid, sellyuloza va uning mahsulotlari fenolformaldegid va boshqalar kiradi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling