Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
m
) qancha katta bo’lsa, r qiymati shuncha yuqori bo’ladi. Gazning hajm birligidagi molekulalar soni uning harorat va bosimiga bog’liq bo’ladi. Molekulalar sonining o’zgarishiga qarab, gazning r qiymati ham o’zgaradi. Gazda r qiymati havo namligiga ham bog’liq bo’ladi (2.15-rasm). 2.15-rasm. O’z-o’zidan (spontan) qutblanish Suyuq holatdagi dielektriklar qutbli va qutbsiz molekulalardan tashkil topadi. Qutbsiz dielektrikning r uncha katta bo’lmaydi ( r 2,0-2,5) va u yorug’likning sinish ko’rsatkichi kvadratiga deyarli teng bo’ladi. Qutbsiz dielektrikda r qiymatining harorati ortishi bilan kamayishi hajm birligidagi molekulalar sonining kamayishiga asoslanadi. Dipol molekulali suyuq dielektrik bir vaqtning o’zida 46 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 51-bet 57 elektron va dipol qutblanishiga ega bo’ladi. Qutbli suyuq dielektriklarda r qiymati asosan 3,5-5 atrofida bo’ladi. Qattiq jismlarning dielektrik singdiruvchanligi dielektrik tuzilishiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Ularda turli xildagi qutblanishlar bo’lishi mumkin. Parafin qattiq holatdan suyuq holatga o’tishida (t p ) uning zichligi pasayishi tufayli r qiymati keskin kamayadi. Qattiq dielektriklarning zarralari zich joylashgan bo’lib, ular ion kristallari tuzilishiga ega. Bu dielektriklarda r qiymati keng oraliqda o’zgaradi. Zarralari uncha zich bo’lmagan elektrotexnik chinnida bir yo’la elektron, ion va ion- relaksatsiya qutblanishi kuzatiladi. Shishada esa r qiymatining o’zgarish oralig’i ( r ) 20 4 kattadir. 47 Qattiq jismlarda r qiymati harorat va maydon chastotasiga bog’liq bo’lib, uning qonuniyatlari qutbli suyuqlikniki kabidir. Masalan, muzda r qiymati harorat va chastotaga nisbatan keskin o’zgaradi. Harorati nolga yaqin bo’lgan muzning dielektrik singdiruvchanligi past chastotada suvniki kabi 81ga yaqin bo’lib, harorat yanada pasaytirilsa, muzning r qiymati 2,85 gacha tushib ketadi. Ko’pincha dielektriklarda dielektrik singdiruvchanlik va kondensator sig’imining haroratga bog’liqligini aniqlashda dielektrik singdiruvchanlikning harorat koeffitsienti: dT d I TK r r r (2.19) ga sig’imining harorat koeffitsienti: (2.20) dan foydalaniladi. 47 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 58-bet. dT dC C l TKC 58 Bu ikki koeffitsient orasidagi bog’lanish quyidagi ko’rinishga ega: TKC = TK r + (2.21) bunda - dielektrikning chiziqli harorati koeffitsienti. Tashqi muhit harorati o’zgaradigan sharoitda ishlaydigan elektr va radio apparatlarni loyihalashda kondensator sig’imining haroratga bog’liq bo’lmasligini ta’minlash zarur. Sig’imning haroratga nisbatan barqarorligi quyidagi ikki usul orqali amalga oshiriladi. Birinchi usulda ikkita bir-biriga parallel yoki ketma-ket ulangan kondensatorlar zanjiri olinadi, bunda zanjirlardagi sig’imlarning harorat koeffitsientlaridan birining ishorasi musbat, ikkinchisiniki-manfiy bo’ladi. Sig’imlari C 1 va C 2 , sig’imning harorat koeffitsientlari TKC 1 va TKC 2 bo’lgan bir- biriga parallel ulangan kondensatorlarning umumiy sig’imi quyidagicha aniqlanadi: C =C 1 + C 2 F. (2.22) 48 Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling