Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

Nuqtali diodlar bir necha milliamper tokga mо‘ljallangan. Ular elektron 
о‘tishli yupqa yarim о‘tkazgich plstinkadan yasaladi (4.1 - rasm). Nuqtali elektr 
о‘tish yarim о‘tkazgich plastinka 7 va uchi о‘tkirlashgan alyumin yoki indiy bilan 


194 
qoplangan metal prujina sim 4 larning jipslashgan joyida 6 hosil bо‘ladi. Odatda 
nuqtali diodlar n -tipdagi germaniydan, metall prujina (diametri 0,05-0,1 mm) 
yupqa simdan tayorlanadi va n - tipli germaniy uchun u akseptor (masalan, 
berilliy) hisoblanadi. Ba’zan yanada yaxshiroq r-n о‘tish hosil bо‘lishi uchun 
prujina uchi indiy bilan qoplanadi. Agar diod orqali qisqa impulsli tok (bir necha 
amper) о‘tkazilsa metall uchidagi qoplama erib yarim о‘tkazgich plastinka ichiga 
о‘tadi va boshqa tipdagi о‘tish qatlamini hosil qiladi. Ana shu qatlam bilan 
plastinka orasida yarim sferik shaklda r-n о‘tish 6 hosil bо‘ladi. 
Nuqtali diodlar korpusi germetik holda yasalgan sopol yoki shisha ballon 2 
dan iborat va u yorug‘lik tushmasligi uchun yorug‘lik qaytaruvchi qora ranga 
bо‘yalgan. О‘tishlar chiqishlari 3 nay 2 orqali tashqariga chiqarilgan.
4.1 - rasm
4.2 - rasm 
Yassi diodlar bir necha ampergacha bо‘lgan toklarga mо‘ljallangan (4.2 - 
rasm). Yassi diodlar yassi elektr о‘tishga ega bо‘lib, uning chiziqli о‘lchamlari 
(yuzasi) r-n о‘tish kengligidan bir muncha katta. bu yuza kvadrat millimetrning 
yuzdan bir ulushidan (mikroyassi diodlar) bir necha о‘nlab kvadrat santimetr 
(kuchli diodlar) gacha bо‘ladi.
139
Yassi diodlarni kristall ushlab turgich 8 ga birlashtirilgan yarim о‘tkazgich 
plastinka (r-n о‘tish) 7 kо‘rinishida yasaladi. bu plastinkaga erishish yoki diffuziya 
usuli bilan indiy yoki (germaniy uchun) yoki alyumin (kremniy uchun) atomlari 
kiritiladi. Yuqori kontakt 6 nisbatan katta tok о‘tkazish va о‘zidan issiqlik tarqatish 
qobiliyatiga ega. Bular hammasi zichlashtirilgan korpus 5 ga joylashtirilgan va 
139
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 509-bet. 


195 
undan tashqi va ichki chiqish 1,2 lar silindr 4 ichidagi nay 3 orqali tashqariga 
chiqarilgan. Yassi diodlarni tayorlashda maxsus texnologiyalardan foydalangan 
holda kichik yuza о‘tishli mikroyassi va diffuziyali mezadiodlar olish mumkin. 
Yarim о‘tkazgichli diodlarni qо‘llanilishi va vazifalariga kо‘ra quyidagi 
asosiy guruhlarga ajratish mumkin. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling