Elektrotexnika materiallari
Dielektriklarning issiqlik xossalari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
Dielektriklarning issiqlik xossalari. Dielektrikning issiq va sovuqqa
chidamliligi, issiqlik o’tkazuvchanligi va issiqdan kengayishi uning issiqlik xossalariga kiradi (2.42-rasm). 84 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 69-bet 109 2.42-rasm. Turli qutblanishlarda nisbiy dielektrik singdiruvchanlikni haroratga bog’liqligi: 1-elektronli; 2-ionli; 3-dipol-relaksasionli; 4-o’z-o’zidan yuzaga keluvchi. 85 Anorganik dielektriklarning issiqqa chidamliligi ularning elektr xossalari (tg , ) qiymatlarining o’zgarishiga qarab baholanadi. Organik dielektriklarning issiqqa chidamliligi ularning cho’zilishi va egilishi orqali yoki qizitilgan dielektrikka igna botirib ko’rish orqali aniqlanadi. Izolyatsiya materialining harorat ta’siriga chidamliligi Martens usuli orqali ham aniqlanadi. Bu usulda jismning qisqa muddatli issiqlikka bardoshliligi uning mexanik xossalari o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Dielektrikning issiqlikdan yumshash harorati qizdirilgan namunaga shar yoki doirani ma’lum kuch bilan ta’sir ettirib aniqlanadi. Suyuqlikning chaqnash harorati uning haroratini ko’tara borib, cho’g’ yaqinlashtirilganda suyuqlikning havodagi bug’i yonib ketishi bilan aniqlanadi. Suyuqlikning alangalanish harorati tekshirilayotgan suyuqlikka alangani yaqinlashtirganda uning yonib ketishi bilan aniqlanadi. Suyuqlikning alangalanish harorati uning chaqnash haroratidan birmuncha yuqoridir. Bunday harakteristikalar transformator moyi va erituvchi suyuqliklar sifatini aniqlashda keng qo’llaniladi (2.43-rasm). 85 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 151-bet. 110 2.43-rasm. Qattiq jismlarning issiqlik xossalari 86 Izolyatsiyaning joiz ish harorati jismning qisqa yoki uzoq muddatli qizishga chidamliligini tekshirish orqali aniqlanadi. Dielektrikning qizishi mobaynida unda kimyoviy o’zgarish sodir bo’ladi. Bu holat izolyatsiya materialining issiqlik ta’sirida eskirishi deyiladi. Bunday eskirish sellyuloza va loklangan jismning qattiqligi va mo’rtligi ortishi yoki jism yuzasida yoriqlar paydo bo’lishi bilan belgilanadi. Dielektrikning issiqlik ta’sirida eskirishi uning ilk bor tayyorlangan holatiga nisbatan o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Jismning eskirish muddati ( ) harorat bilan quyidagicha bog’langan: ln = A/T + B (2.61) bunda: A, B – berilgan materialning issiqlik ta’sirida eskirishiga taalluqli o’zgarmas koeffitsientlar. Issiqlik ta’siridagi eskirish UB (ultrabinafsha) nurlari, elektr maydoni, mexanik kuchlanish va boshqa ta’sirlar ostida tezlashadi. Elektr mashina va arrapatlarining quvvatini o’zgartirmagan holda dielektrikning issiqlikka chidamliligini oshirish orqali ularning hajmi va narxini birmuncha kamaytirish mumkin. Bu samolyotsozlik va raketasozlikda, elektr dvigateli, transformator va boshqa ixcham, qulay asbob-uskunalar tayyorlahsda juda qo’l keladi. 86 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 151-bet. 111 GOST 8865-70 va Xalqaro elektr texnika komissiyasi ko’rsatmalariga asosan, normal sharoitda ishlaydigan elektr mashina va apparatlari izolyatsiya materiallarining joiz ish haroratlari issiqqa chidamlilik bo’yicha bir necha sinfga bo’linadi: 2.2-jadval Issiqqa chidamlilik sinfi Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling