Elektrotexnika materiallari


Dielektrikning nam singdiruvchanligi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

Dielektrikning nam singdiruvchanligi. Elektr izolyatsion materiallarning 
namlikni o’ziga singdirishi deganda suv bug’ining jism orqali sizib o’tishi 
tushuniladi.
80
Bu kattalik dielektrik muhofaza qatlamining asosiy harakteristikasi 
hisoblanadi. Aksariat materiallarda mayda havo bo’shliqlari bo’lgani sababli ular 
nam singdirish xususiyatiga ega. Ma’lum yuza (S) va qalinlik (h) dagi yassi 
80
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 145-bet. 


102 
materialdan suv bug’i bosimining farqi p
1
-p

ta’sirida vaqt birligi (τ) ichida 
o’tuvchi namlik miqdori quyidagicha aniqlanadi: 
,
)
2
1
(
h
S
p
p
P
m



(2.58) 
bunda: m-massa; P- jismning nam singdirish koeffitsienti. 
Elektr apparatlari tropik iqlim sharoitida uzluksiz ishlatilsa, organik 
birikmalarda mog’or ko’rinishidagi yemirilish sodir bo’ladi. Bu hodisa dielektrik 
yuza qarshiligini va mexanik mustahkamligini kamaytirib, dielektrik isrofini 
ko’paytiradi va uning metall bilan birlashadigan qismida yemirilish sodir bo’ladi. 
a) b) 
2.38-rasm. Turli chastotada material singdiruvchanligining haroratga bog’liqligi: 
1- 50 Gs; 2-400 Gs; 3-1000 Gs. 
Mog’or kanifol, tarkibida moy bo’lgan lok, sellyuloza va shimdirilgan 
materiallarda tez va yaxshi rivojlanadi. Bundan tashqari, materiallar saqlanish yoki 
ekspluatatsiya mobaynida termit va kemiruvchi jonivorlar tomonidan ham 
shikastlanishi yoki yemirilishi mumkin.
81
Tropik iqlim sharoitiga chidamlilikni tekshirish maqsadida elektr izolyatsiya 
materiallari va elektr texnika uskunalari yuzasiga mikroorganizmlar kiritilib, ular 
namligi yuqori (95-98%) va o’rtacha haroratli (t=40-50
0
C) havoda uzoq muddat 
81
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 68-bet 


103 
ushab turiladi (2.38-rasm). Tekshiriladigan materiallarning elektr va mexanik 
xossalaridagi o’zgarishlar bo’yicha mog’orning rivojlanish intensivligi aniqlanadi. 
Organik elektr izolyatsiya materiallarning tabiiy yemirilishiga bo’lgan qarshiligini 
oshirish maqsadida izolyatsiya ta’rkibiga turli xil fungitsid va zaharli moddalar
kiritiladi yoki dielektrik yuzasiga ular qo’shilgan lok qoplamalar beriladi. 
Fungitsidlar tarkibiga azot, xlor, simob kabi moddalar bo’lgan organik 
birikmalardan tashkil topadi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling